Kontent qismiga oʻtish

Sobirjon Rahimjonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sobirjon Rahimjonov
Tavalludi 15-fevral 1941-yil (1941-02-15) (85 yosh)
Fuqaroligi Sovet IttifoqiOʻzbekiston
Kasbi teatr, kino va dublyaj aktyori
Filmlari „Joʻra sarkor“, „Bobur“, „Opa-singillar“, „Tuxmat girdobi“
Faoliyat yillari 1959-yildan — hozirgacha
Mukofotlari

Sobirjon Rahimjonov (1941-yil 15-fevral, Toshkent shahri, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik teatr, kino va dublyaj aktyori. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist.

Sobirjon Rahimjonov 1941-yil 15-fevralda Toshkent shahri Yunusobod tumani Bobodehqon mahallasida, dehqon oilasida tugʻilgan. Otasi Rahimjon — dehqon, Onasi Qutbiniso esa uy bekasi boʻlgan. Oilada 7 ta farzandning beshinchisi boʻlgan. 1959-yilda avvalgi Teatr sanʼati va rassomlik institutining (Milliy rassomlik va dizayn instituti) „Musiqali drama“ boʻlimiga oʻqishga kirgan. Talabalik yillarinin boshlaridayoq Muqimiy teatrida oʻz faoliyatini boshlagan. Oilali. $ farzand — 3 qiz va bir oʻgʻilning otasi.

Sobirjon Rahimjonov bugunga qadar minglab film va multfilmlar dublyajida ishlagan. Jumladan, „Aloviddinning sehrli chirogʻi“, „Sadoqat“ (hind filmi), „Arshin mal alan“ (bosh qahramon Asqarga ovoz bergan), kabi filmlarga, hamda „Qunduz amakining ertaklari“, „Sharki va Jorj“ „Muzlik davri“, „Anpanman“, „Mulan“, „Baliqchi va baliq haqida ertak“ singari multfilm qahramonlariga ovoz bergan. Teatrdagi faoliyati ham sermahsul boʻlib, „Nurxon“ spektaklida Mamat, „Vatan ishqi“da Sobir, „Holisxon“da Norboyvachcha, „Toshbolta“da Sunnat, „Ishqing bilan“da Shukur, „Qaynona“ kabi spektakllarda rol ijro etgan[1].

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Film nomi Roli Film rejissyori
1990-yil Bobur Hakim ota Maqsud Yunusov
2010—2014-yillar „Opa-singillar“ seriali[2][3] Abduvahob Zamira Begimqulova
2019-yil „Tuhmat girdobi“ - Ilhom Muhammadibrohimov
2022—2024-yillar „Otalar soʻzi“ telenovellasi - -
2021—2025-yillar „Iqror“ seriali - -