Dadaali Soatqulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Soatqulov Dadaalidan yoʻnaltirildi)

Dadaali Soatqulov (1917, Pop tumani — 1985, Toshkent) — kompozitor, sozanda (nay), musiqa jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq artisti (1967). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1953). Otasidan nay chalishni oʻrgangan. Toʻychi hofiz, Yunus va Rizqi Rajabiy, I. Ikromovlardan oʻzbek musiqa merosini oʻzlashtirgan. Chuyet — Pop tumanlararo kolxoz — sovkoz teatrida (1930— 33), Qoʻqon teatrida sozanda, musiqa rahbari (1934—40). Oʻzbekiston radiosi xalq cholgʻulari orkestrida sozanda, dirijyor va bosh dirijyor (1940— 1953). Oʻzbek davlat filarmoniyasida direktor va badiiy rahbar (1953—59, 1960—63, 1969—70), Oʻzbek radiosida badiiy rahbar (1959—60), bosh muharrir (1971—72), Muqimiy teatrida direktor (1963—69). Ijodida oʻzbek musika merosi (Fargʻona yoʻllari)ga tayangan. "Zarafshon qizi" (1960, yangi taxriri, 1963), "Guli siyoh" (1964), "Mahtumquli" (1966, B. Giyenko bilan hamkorlikda), "Fargʻona tong otguncha" (1967), "Oshiklar" (1973), "Yusuf va Zulayho" (1979) kabi musiqali dramalar, "Paxtakorlar —tinchlik uchun" kantatasi (1953—54), nay va xalq, cholgʻulari orkestri uchun "Choʻli Iroq" poemasi (1950), "Sayilga yurish" kabi syuitalar, "Fargʻonacha kvartet", qoʻshiqlar ("Mohigul", "Choʻpon qiz") va romanslar ("Ayladi", "Zebosidan", "Koʻk chashmasi", "Navbahor", "Gul boqqa", "Gulistonim mening") yaratgan, shuningdek, "Stadionda uchrashamiz" (G. Mushel bilan hamkorlikda) kabi kinofilm va radiopostanovkalarga musiqa yozgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil