Koʻrlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(So‘qirlikdan yoʻnaltirildi)

Koʻrlik, soʻqirlik, koʻz ojizligi — koʻrish qobiliyatining butunlay yoʻqolishi, yorugʻlikni qorongʻilikdan ajrata olmaslik. Bunda koʻrish oʻtkirligi "0" boʻladi, buni davolash imkoni deyarli yoʻq. Yorugʻlikni qorongʻilikdan ajrata olmaydigan absolyut Koʻrlik va koʻrish qobiliyati bir oz saqlangan nisbiyk. farq qilinadi. Koʻrlik yoki kasbga aloqador Koʻrlikka uchragan kishilar nisbiy kur hisoblanadi. Yorugʻlikni sezib, hatto uning qaysi tomondan toʻshayotganligini bilsa ham, birovning yordamisiz uyidan tashkariga chiqa olmaydigan odam kur hisoblanadi. Shuning uchun turmushdagi Koʻrlik deb ataladigan Koʻrlik ancha keng. Bundan tashqari, ishlab chiqarishdagi Koʻrlikda kishi har qanday optik asbob (koʻzoynak, lupa va boshqalar) yordamida ham koʻrmaydi. Biror kasb egasining koʻzi juda xiralashib, oʻz ishini (aqliy mehnat bilan shugʻullanadigan kishilarning uqish va yozishni) davom ettira olmay qolishi kasbga aloqador Koʻrlik deb ataladi.

Koʻrlik tugʻma va orttirilgan boʻladi. Tugʻma Koʻrlik bosh miyaning ayrim boʻlaqlari, koʻrish nervlari, koʻz tur pardasi rivojlanishining buzilishi oqibatida vujudgakeladi. Orttirilgan Koʻrlik koʻz kasalliklari (glaukoma, traxoma, keratit, koʻrish nervlarining zararlanishi va boshqalar), shuningdek, koʻz kosasi va bosh miya shikastlaridan soʻng paydo boʻladi. Koʻrlikning oldini olishda koʻz soqqasi, koʻz kasalliklari, xususan, glaukomani barvaqt aniqlash muhim. Koʻpchilik koʻr kishilar koʻrlar maktabida taʼlim oladilar va foydali mehnat bilan shugʻullanadilar.[1]

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil