Soʻnkoʻl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(So‘nko‘ldan yoʻnaltirildi)

Soʻnkoʻl — Markaziy Tyanshandagi Soʻnkoʻl soyligidagi koʻl (Qirgʻizistonda). 3016 m balandlikda. Maydoni 278 km². Eng chuqur joyi 22 m. Tektonik yoʻl bilan hosil boʻlgan. S.ni dengiz sathidan 3600–3900 m balandlikdagi Soʻnkoʻltov tizmasining unchalik baland boʻlmagan choʻqqilari oʻrab turadi. 10 ga yaqin togʻ daryosi quyiladi, lekin, Norin daryosiga (Sirdaryo irmogʻi) quyiladigan birgina Koʻkjarti daryosi oqib chiqadi. Koʻl suvida karp, osman kabi baliklarini koʻpaytirish sohasida tajribalar oʻtkazilgan. Yozda koʻlga koʻplab parrandalar uchib keladi.