Toʻrabekxonim maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(So‘filar sulolasi maqbarasidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Toʻrabekxonim maqbarasi, Soʻfilar sulolasi maqbarasi — Koʻhna Urganchsagi meʼmoriy yodgorlik (1333). Urganch hokimi Qutlugʻ Temur xotini, Oltin Oʻrda xoni Oʻzbekxonning qizi Toʻrabekxonim nomi bn bogʻlangan. Maqbara bizgacha ancha vayrona holda yetib kelgan. Peshtoq orqali moʻʼjaz miyonsaroyga, undan olti qirrali katta xonaqohga oʻtiladi. Xona ichiga chuqur ravoqli tokchalar ishlangan. Tashqarisi 12 qirrali, har tomoniga chuqur ravoqlar ishlangan. Poygumbazi 24 qirrali, kulohiy gumbazli (sharqiy qismi saqlangan), bezaklarida nafis koshinkori naqshlar, muqarnaslar qoʻllanilgan. Toʻrabekxonim maqbarasi 14-asr Xorazm meʼmorligining yuksak badiiy mahorati aks ettirilgan noyob yodgorlik namunasidir.