So‘fidehqon Vobkandiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avliyo

Ism

So‘fidehqon Vobkandiy

Tavalludi

1648-yil

Vafoti

1718-yil

Falsafa maktabi


So‘fidehqon Vobkandiy — (1648—1718) — buxorolik avliyo. So‘fidehqon Vobkandiy ziyoratgoh ham mavjud. Ushbu ziyoratgoh Vobkent tumani So‘fidehqon nomli qishloqdadir. So‘fidehqon ziyoratgohida qabr, maqbara, toshquduq, xonaqoh bor. Xonaqoh gumbazining balandligi 15 metr[1]. So‘fidehqon sohibkaromat avliyo bo‘lgan. Uning nasabi Hazrat Ali karamollohu vajhahuga borib taqaladi: Naql etilishicha, podshoh arkoni davlatdagi alloma, avliyo, olimlarning farosati, ilmini sinamoq bo‘libdi va hammalarini saroyga yig‘ib debdi: „O‘rtadagi dasturxon ichida nima bor? Kimeki topsa, barcha tilagi bajo keltiriladi!“ Har kim o‘z taxminini aytibti, lekin ularning bashorati haqiqatga to‘g‘ri kelmaskan. Podshoh: „Nahot Buxoroday mamlakatda bitta bo‘lsa-da farosatli zot bo‘lmasa?“ — deganda, dono vazir: „Olampanoh, uzlatga chekingan dehqonchilik bilan umrguzaronlik etayotgan bir ulug‘ obid bor. Ismlari So‘fidehqondur. Shu kishini ham saroyga taklif qilsak!“ -debdi. So‘fidehqon saroyga kelibdilar va u kishiga ham yuqoridagi savolni beribdilar. Hazrat So‘fidehqon andak mushohada etgandan so‘ng, debdilar: "Ey, olampanoh, atrof-javonibni qidirdim, lekin daryomizdagi bir baliq „Vo, bolam!“ deb turganini ko‘rdim. Dasturxonda mana shu baliqning bolasi bo‘lsa ajabmas!" Dasturxonni ochib ko‘rsalar, darhaqiqat idish ichida tirik baliqcha turgan ekan. Podshoh So‘fidehqonning karomatlariga tan berib: „Tilagingiz ne?“ — debdi. Hazrat So‘fidehqon: „Olampanoh, menga joy ajratsangiz, bitta xonaqoh qursam savobi sizga ham, bizga ham qiyomatgacha tegardi!“ — debdilar. Joy ajratilib, mazkur xonaqoh qurilgan ekan. So‘fidehqon xonaqohi 1690-yilda qurilgandir. Ayni shu kunlarda So‘fidehqon xonaqohi namozxonlar ixtiyoriga berilgandir. Toshquduq hamon xalqqa beminnat xizmat qilmoqda. Xonaqoh atrofida ko‘rkam bog‘ qilingan[2].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Yoʻldoshev N. Buxorodagi ayrim avliyolar tarixi. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1993 — 143 bet. 
  2. Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012 — 291 bet.