Obishir gʻorlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Soʻx makonlaridan yoʻnaltirildi)

Obishir gʻorlari — mezolit davriga oid gʻorlar. Fargʻona viloyati hududidagi Soʻx daryosining qadimgi oʻzani Obishir soyning oʻng qirgʻogʻida joylashgan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya institutining Fargʻona paleolit otryadi 5 ta gʻorni tekshirgan (1966). Obishir-1 va Obishir-5da qazish ishlari olib borgan. Ularning sanasi miloddan avvalgi 8-ming yillikka oid. Obishir-1ning eni 25,5 m boʻlib, balandligi 12 m. Gʻordan tosh qadama pichoqlar, mikroplastinkalar, parmalar, bigizlar, qirgʻichlar, nuk-leuslar topilgan.

Obishir-5, Obishir-1 dan 200 m gʻarbda. Uning eni 8 m, balandligi 10 m. Gʻorda 3 ta madaniy qatlam mavjud. Quyi qatlam antik davrga oid, qalinligi 1 — 1,20 sm. Undan soʻng qalinligi 30—40 sm lik mezolit davriga tegishli qatlam boshlanadi, unda tosh qurollar va hayvon suyaklari koʻplab uchraydi. Uchinchi qatlam ham shu davrga taalluqli boʻlib, qalinligi 3-4 m. Bu yerda tosh qurollar nisbatan ancha kam. Obishir-5 gʻori yashash uchun qulay boʻlganligidan unda qadimda odamlar yashagan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil