Soʻfi olloyor masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Soʻfi olloyor masjidi - Denov (Surxondaryo)dagi meʼmoriy yodgorlik (1713). Soʻfi Olloyor nomi bilan bogʻliq. Umumiy tarhi (14,0x16,2 m), xonaqoh (11,1x9,7 m), ikki tomonlama ayvon hamda qoʻshimcha xonalardan iborat. Devori sinchli paxsadan, tomi toʻsinli. Shim.sharqiy tarziga mehrobsimon ravoklar, tobadoniga ganchkori panjaralar ishlangan. Xonaqoxdagi mehrob ravogʻi ancha chuqur, 2 tomonidagi 4 ravoqqa boʻrtma chiziklar qilingan. Bunday bezaklar jan.gʻarbiy ayvon devorlarida ham bor. Ayvondagi 7 ustun, xonaqohdagi 6 ustun (L.I.Rempel ustunlardan birida qurilgan yili qayd etilganini aniqlagan) oʻyma va rangli naqshlar bilan bezatilgan. Us tun va deraza panjaralari qayta taʼmirlangan. 1977 y. Z.A. Arshavskaya tomonidan oʻrganilgan.