Soʻlak bezlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(So`lak bezlaridan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Soʻlak bezlari - ogʻiz boʻshligʻiga soʻlak chiqaradigan hazm bezlari; bular ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatida (lab, lunj, tanglay va tilda) joylashgan. Evolyusion jihatdan ogʻiz boʻshligʻining rivojlanishi bilan bogʻlangan. Dastlab funksional Sb. hasharotlarda paydo boʻlib, ovqat hazm qilish sistemasining oldingi kismida joylashgan. Ayrim hayvonlarning Sb. zaharli moddali (mas, ayrim ilonlar zahari) yoki qon ivishining oldini oladigan (mas, zuluklarda girudin) sekret ishlab chiqaradi. Serozli va shilliq soʻlak ajratadigan bezlar hamda aralash bezlarfarq qilinadi. Bulardan tashqari yana 3 juft — quloq oldi, til osti va jagʻ osti Sb. bor. Odamda quloq oldi Soʻlak bezlarining (tashqi eshituv yoʻllarining oldida joylashgan) yoʻli ogʻiz boʻshligʻining kirish qismiga, jagʻ osti Soʻlak bezlarining (pastki jagʻda) yoʻli til ostiga ochilgan. Til osti S b.ning yoʻli jagʻ osti Soʻlak bezlari bilan qoʻshilib ketgan. Soʻlak bezlarining sekreti (soʻlak) ovqat hazm qilishning dastlabki bosqichida qatnashadi. Odamda Soʻlak bezlari kasalliklaridan soʻlak toshi kasalligi, epidemik parotit va boshqa uchraydi.