Soʻri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(So'ridan yoʻnaltirildi)

Soʻri — tok oʻstirishga moʻljallangan tayanch moslama. Fargʻona, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida keng tarqalgan. Toklarni yerdan koʻtarish uchun tik ustunlar qoʻyiladi va ustunlarning 3—3,5 m li baland qismidan bir tomonga qiyshaytirib yana 3—4 m uzunlikda xodacha yoki taxtalar oʻrnatilib, ularning uch qismiga tirgak ustunlar qoʻyiladi. Tik koʻyilgan ustunlarga va S.ning ustiga 40—50 sm oraliqsa bagʻazlar bogʻlanadi. Sohibkor Rizamat Musamuhamedov tomonidan tokni S.da oʻstirishning yaxshilangan voish usuli ishlab chiqilgan. Tokni S.da oʻstirish usuli xalq tajribasi asosida vujudga kelgan. S.da oʻstiriladigan tokning zang, madang va bir yillik novdalari atrofga keng taralib yayrab oʻsadi. Barglari havo va quyoshdan yaxshi foydalanadi, assimilyasiya jarayoni kuchayadi. Natijada uzum boshlari kattalashadi, rang kiradi, shirasi ortadi, kasalliklardan kam zararlanadi.