Soʻqoqsoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(So'qoqsoydan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
So‘qoqsoy

Soʻqoqsoy, Samsaraksoy - Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi soy. ChirchiqOhangaron havzasida joylashgan. Chatqol tizmasining janubi-gʻarbiy yon bagʻridan oqib tushuvchi Sarituproqsoy va Miskensoyning qushilishidan hosil boʻladi. Uz. 33 km, havzasining maydoni 75,4 km². Qorasuvga quyiladi. Soʻqoq qishlogʻiga qadar soy yon bagʻirlari baland, tor va chuqur vodiyda, shagʻal va harsang toshlarga toʻla nishabi katta oʻzanda oqadi, shu qishloqdan boshlab vodiysi ancha kengaya boradi, yon bagʻirlari past va yotiq. S havzasi ancha sersuv, Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 1,96 m³/sek. Qoryomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Yillik oqimning 60—70% mart—may oylariga toʻgʻri keladi. S.ning asosiy irmogʻi — Chashmasoy (oʻngdan). Soydan aprel— may oylarida sel keladi. S. havzasida "Soʻqoq" dam olish uyi, bolalar oromgohlari bor.