Soʻgal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(So'galdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Soʻgal — terining virusli kasalligi. Koʻpincha yosh bolalar va oʻsmirlarda uchraydi. Kasallik bemor bilan yaqin muloqotda boʻlganda, uyroʻzgʻor buyumlari orqali yuqadi. Teridagi mayda jarohatlar (shilinish, chaqalanish), koʻp terlash va boshqa ham S.ga sabab boʻlishi mumkin. Oddiy, yassi va oyoq kaftlarida uchraydigan S.lar bor. Odsiy S. koʻpi bilan nixat kattaligida, ogʻriqsiz, gʻadirbudur tuguncha boʻlib, koʻpincha qoʻl panjasida uchraydi. Baʼzan tugunchalar koʻpayib, kattalashib ketadi. Oyoq kaftidagi S. oyoqning poyabzal qisadigan joylarida, ayniqsa, koʻp terlaydigan oyokda juda qattiq, gʻadirbudur, kulrang tugunchalar shaklida paydo boʻladi. Bolalar va oʻsmirlarda uchraydigan yassi S. koʻpincha yuz, boʻyin va qoʻl panjasining ustki qismida och pushti sargʻimtir, dumaloq yoki yapaloq tugunchalar koʻrinishida vujudga keladi. Keksalarda uchraydigan S. tana, boʻyin va yuzda kulrang , jigarrang yoki qoramtir, usti yogʻ bilan qoplangan dogʻlar koʻrinishida boʻlib, oddiy S.ga oʻxshaydi. Oyogʻi terlaydigan kishilarda S. usti oqarib qoladi, shilinib ogʻrib, yurish qiyinlashadi. Umuman S. ogʻrimaydi, qichishib achishmaydi va bemorni bezovta qilmaydi.

S.ni faqat vrach davolashi kerak. Oʻzboshimchalik qilib har xil kuydiruvchi dorilar ishlatilsa, S. yaraga aylanib ketishi mumkin. S.ning oldini olish uchun ozodalikka rioya qilish, yaʼni oyoqqoʻllarni har kuni yuvib turish lozim.