Soʻfixonovlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(So'fixonovlardan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Soʻfixonovlar, Boboxon (1900, hozirgi Qozogʻistonning Sayram tumani — 1980.3.2, Toshkent) va Akmalxon (1905, Sayram tumani — 1987.11.7, Toshkent) Soʻfixonovlar — akauka hamnafas xonanda va sozandalar. Oʻzbekiston xalq hofizlari (1944). Ashulachilik sanʼatini bobolari Sotildixon va otalari Soʻfixon hofizlardan oʻrganishgan. S. 1935 yilda Toshkentga kelib, dastlab "Yaliyali", "Navo" kabi ashulalari bilan tanilgan. Toʻychi hofizdan "Bayot1,2,3,4", "Girya1,2", "ShahnoziGulyor", I.Ikromovdan "Munojot" va "Choʻli Iroq", Rizqi Rajabiydan "Dugoh", "Toshkent Irogʻi", "Qoʻshchinor", "Karimqulbegi" kabi maqom yoʻllari va ashulalarini oʻzlashtirishgan. S. Oʻzbekiston radioqoʻmitasi (1937—41, 1944—48), Hamza nomidagi Oʻzbek davlat drama teatri (1941—44) va Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1948—58, 1948—60)da xonanda va sozanda. S.ning ijro uslubi ovozlarining birbiriga tekis qoʻshilishi, yirik shakldagi asarlarni ogʻirravon aytishi, joʻrnavoz sozlarni ashulaning ifodaviyligiga qarab tanlashi bilan belgilanadi. "Nasri Segoh", "Galdir1, 2", "Qalandar1, 2, 3, 4", "Samarqand Ushshogʻi", "Sodirxon Ushshogʻi" kabi murakkab ashula yoʻllari S. talqinida jozibali yangraydi. Shuningdek, ularning repertuaridan katta ashulalar, yallalar ("Ul kun jonon", "Gulyuz uzra", "Naylayin"), oʻzbek bastakorlarining asarlari (X. Toʻxtasinovning "Aylagach", R.Rajabiyning "Ovoraman", "Kulib" va boshqalar) va oʻzlari yaratgan "Etdim tabibga", "Farzand" (Hofiz gʻazallari), "To muhabbat" (Navoiy), "Aylar" (Muqimiy), "Yaxshi bilan", "Oqil boʻlsang" (Mahtumquli) kabi ashulalar oʻrin olgan. S ijrosida V.A. Uspenskiy notaga yozib olgan "Navo", "Talqini Bayot", "Choʻli Iroq" ashula yoʻllari "Navoiy sheʼrlariga muzikalar" (1949) toʻplamida nashr etilgan.