Smetana Bedrjik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

SMETANA (Smetana) Bedrjik (1824. 2.3, Litomishl — 1884.12.5, Praga) — chex kompozitori, pianinochi, dirijyor, musika jamoat arbobi. Milliy opera va simfonik musika asoschisi. 1830 yildan pianinochi sifatida konsertlar bergan. 1850—70 yillarda dirijyor, pedagog , musiqa tanqidchisi. Pragada musiqa maktabi (1849), opera maktabi (1872)ni tashkil etgan. S. milliy ruxda yaratilgan "Brandenburgliklar Chexiyada" (1863), "Dalibor" (1867), "Libushe" (1872) kabi tarixiy va, ayniqsa, shoh asari — "Sotilgan kelin" (1866) hajviy operalari, "Mening Vatanim" simfonik poemalar turkumi va boshqalar bilan chex musiqasini jahonga tanitgan. "Sotilgan kelin" operasi Navoiy teatrida sahnalashtirilgan (1952). Chexiyada S. jamiyati (1930 y. dan), Chexiya va Shvetsiyada S. muzeylari faoliyat koʻrsatmoqda. Pragadagi "Musiqa uyi", konsert zaliga S. nomi berilgan.