Smallfoot (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Smallfoot

Film posteri
Rejissyor(lar) Karey Kirkpatrick
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar)
  • Karey Kirkpatrick
  • Clare Sera
Rollarda
Bastakor(lar) Heitor Pereira[1]
Muharrir(lar) Peter Ettinger
Studiya(lar)
Distribyutor Warner Bros. Pictures[2]
Chiqarilgan sanasi
  • 28-sentyabr, 2018-yil(2018-09-28) (AQSh)
Davomiyligi 96 daqiqa[3]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $80 million[4]
Daromadi $214,1 million[5]

Smallfoot, 2018-yilda Warner Bros. Pictures tomonidan tarqatilgan Amerika 3D kompyuter-animatsion komediya sarguzasht filmi. Film Sergio Pablosning Yeti Tracks kitobi asosida ishlangan boʻlib, film rejissori Karey Kirkpatrick, shuningdek, Channing Tatum, James Corden, Zendaya, Common, LeBron James, Gina Rodriguez, Danny DeVito, Yara Shahidi, Ely Henry va Jimmy Tatrolar ovoz bergan.

Smallfoot multfilmi AQShda 28-sentabr 2018-yildan boshlab teatrlarga chiqa boshladi va hozirchalik dunyo boʻylab $213 million yigʻishga muvaffaq boʻldi.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yetilar Nepaldagi Himolay togʻining tepasida, bulutlarning ustida yashashar edi va koʻzdan yashirinar edilar. Migo ismli yeti, yettinchi yoʻlboshchi tomonidan olib boriladigan qadimiy toshlar qonuniga amal qilar edi. Migoning otasi Dorgle, har kuni ertalab oʻz boshini gongga urish uchun havoga koʻtarilar, bu esa quyosh koʻtarilishiga imkon berardi. Migo Stonekeeperning qizi Mecheeni sevar edi va qishloqning tashqarisida gongni qoʻndiradi. Bu yerda Migo samolyot halokatiga guvoh boʻladi va afsonaviy olgan „smallfoot“ (inson)ni topadi. Migo qishloqqa nima koʻrganini aytib berish uchun qaytib ketadi, ammo hech qanday dalil yoʻq. Migoning gapiga hech kim ishonmaydi. Qishloq yoʻlboshchisi esa uni haydaydi.

Migo birdan Gwangi, Kolka va Fleemlar bilan birgalikda, ularni Meechee boshchiligidagi Smallfoot Evidentiary Society (S.E.S) jamiyatiga qoʻshadi. U toshlarning ularga qishloqning ostida hech narsa yoʻqligini aytishiga qaramay, jamiyat aʼzolari Migoni bulutlar ostiga arqon orqali tushirishni taklif qilishadi. Bir oz ikkilanib boʻlgach, Migo tushishga rozi boʻldi. Muammolar tufayli arqon uziladi va Migo yerga tushadi.

Percy Patterson yovvoyi tabiat haqida hujjatli film oluvchi filmmaker. U yetini koʻrgan uchuvchini uchratadi va uning shuhratini qayta tiklashga urinib, uning yordamchisi Brendani film olish uchun yeti sifatida kiyinishga harakat qilishini aytadi. Migo mahalliy kichik shaharchaga yetib boradi va u bilan muloqot qilishga urinadi. Migo Percyni oʻzi bilmagan holda qoʻrqitadi. Migo Percyni oʻzi bilan birga olib boradi va ular ayrim sabablarga koʻra gʻorda toʻxtashadi. Percy Migodan qochadi. Percyning orqasidan quvayotgan Migoning oyogʻi tuzoqqa tushib qoladi. Percy esa tuzoqni olib tashlash va Migoning yarasini kanal trubkasi bilan bogʻlab, unga rahm qiladi. Percy Migo bilan borishga rozi boʻladi va ular Yetilar qishlogʻiga boradilar. U yerda S.E.S. Percy koʻrib, uni yeti xalqiga koʻrsatishadi. Uning qiyofasi qishloqni chalkashtiradi, lekin uni qabul qilish va madaniyatini oʻrganishdan yetilar baxtiyor; Stonekeeperning dahshati smallfootga nisbatan juda koʻp edi. Keyin Stonekeeper Migo bilan birga saroy ichiga kiradi va unga haqiqatni ochib beradi: „Qadim zamondan beri Yetilar yerda yashar edilar. Yetilar insonga yaxshi munosabat bildirishadi. Smallfootlar (inson) esa ularga hujum qildilar. Yetilar esa Himolayning eng baland choʻqqisidan qoʻnim toʻishadi. Yeti sardorlari toshlarni yaratishadi. Toshlar yordamida bulut hosil qilinib, yeti qishlogʻi koʻzdan gʻoyib boʻlar edi“. Stonekeeper Migoga Percyni smallfoot emasligini, u tuksiz bir kichik mavjudot ekanligini aytish kerakligini tushuntiradi va bu smallfoot yetilarga xavf keltirishini aytib oʻtadi. Migo bunga ishonadi va sovuqdan kasallangan Percyni qutichaga solib qoʻyib, yuqoridagi gaplarni yetilarga aytadi. Shuningdek, Migo S.E.S jamiyatini ham tentakka chiqaradi. Keyinchalik, doʻstlari Migodan xafa boʻlishadi. Ammo u xatosini tushunganida, Mechee smallfootni olib, uni uyiga qaytarish ilinjida yerga tushadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Heitor Pereira to Score ʻSmallfoot’ - Film Music Reporter“. filmmusicreporter.com.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Film releases“. Variety Insight. Variety Media. Qaraldi: 7-avgust 2018-yil.
  3. „SMALLFOOT (U)“. British Board of Film Classification (14-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 25-sentabr 2018-yil.
  4. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named BOpreview
  5. „Smallfoot (2018)“. Box Office Mojo. Qaraldi: 12-oktabr 2018-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]