Slovak tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Slovak Tilidan yoʻnaltirildi)
Slovak tili
Milliy nomi slovenčina, slovenský jazyk
Mamlakatlar Slovakiya
Rasmiylik holati Slovakiya
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 5.2 million (2011-2012)
Turkumlanishi
Til oilasi Hind-yevropa
Alifbosi lotin
Til kodlari
ISO 639-1 sk
ISO 639-2 slo (B); slk (T)
ISO 639-3 slk

Slovak tilihind-yevropa tillari oilasiga mansub slavyan tillarining gʻarbiy guruhidagi til; Slovakiya Respublikasining rasmiy tili. Asosan Slovakiyada, qisman AQSh, Chexiya, Vengriya, Serbiya, Kanada, Polsha va Ruminiyada tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 5,6 mln.kishidan ortiqroq. Lahjalari 3 guruhga boʻlinadi: oʻrta slovak, gʻarbiy slovak va sharkiy slovak. Oʻrta slovak laxjasi adabiy Slovak tiliga asos boʻlgan. Slovak tili yaqin qarindosh tillardan chex tiliga yaqin turadi, koʻplab grammatik va leksik umumiyliklarga ega, lekin fonetik jihatdan oʻziga xos choʻziq unlilar va diftonglarning qoʻllanishi bilan farq,lanadi. Slovak tili lotin grafikasi asosida unga qoʻshimcha diakritik belgilar qoʻshish bilan yaratilgan yozuvga ega. Slovakiyada 18-asrgacha rasman chex tili qoʻllangan. St.dagi dastlabki matnlar 16-asr oxirlarida, dastlabki kitoblar esa 18-asr oxirlarida paydo boʻlgan.