Kontent qismiga oʻtish

Slobodan Raykovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Slobodan Raykovich (serbcha: Слободан Рајковић) — serbiyalik futbolchi, Vengriyaning MTK klubi himoyachisi. Raykovich Serbiya terma jamoasida oʻynagan.

Slobodan Raykovich Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Taxallusi

Rembo

Tugʻilgan

3-fevral 1989-yil (33 yosh)

Belgrad,Yugoslaviya Sotsialistik

Federativ Respublikasi

Fuqaroligi

Flag Serbii i Chernogorii Serbiya i Chernogoriya
Flag Serbii Serbiya

Boʻyi

191 cm

Vazni

88 kg

Pozitsiyasi

markaziy himoyachi
himoya yarim himoyachisi

Klub haqida maʼlumot
Klub

Flag Vengrii MTK

Raqami

3

Yoshlar klubi
Flag Serbii i Chernogorii OFK
Jamoalardagi faoliyati
2004—2005 Flag Serbii i Chernogorii OFK 6 (0)
2005—2011 Flag Anglii Chelsea 0 (0)
2005—2006 Flag Serbii i Chernogorii OFK 20 (1)
2006—2007 Flag Serbii (2004—2010) OFK 11 (0)
2007—2008 Flag Niderlandov PSV 13 (0)
2008—2010 Flag Niderlandov Tvente 23 (1)
2010—2011 Flag Niderlandov Vitess 24 (0)
2011—2015 Flag Germanii Gamburg 42 (2)
2012—2015 Flag Germanii Gamburg II 5 (0)
2015—2016 Flag Germanii Darmshtadt 98 15 (1)
2016—2019 Flag Italii Palermo 46 (3)
2020 Flag Italii Perudja 12 (0)
2020 Flag Rossii Lokomotiv (Moskva) 5 (0)
2021—2022 Flag Serbii Bachka-Topola 5 (1)
2022—n. v. Flag Vengrii MTK 11 (1)
Terma jamoa safida
2004 Flag Serbii (2004—2010) Serbiya (U 17) 5 (0)
Flag Serbii (2004—2010) Serbiya (U 19) 5 (0)
2007—2010 Flag Serbii (2004—2010) Serbiya (U 21) 8 (0)
2008—2016 Flag Serbii Serbiya 19 (0)
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Slobodan Raykovich Belgrad „OFK“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 15 yoshida klubning asosiy jamoasida debyut uyushtirgan.

2005-yilning noyabr oyida "Chelsea" klubi 5 million yevro evaziga isteʼdodli himoyachini sotib oldi va bu paytda Slobodan oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan futbolchi uchun toʻlanadigan pul miqdori boʻyicha dunyo rekordi darajasidagi eng qimmat futbolchiga aylandi. Imzolangan shartnomaga koʻra, Slobodan yana bir mavsum „OFK“da qolishi kerak edi, lekin bu paytda yosh futbolchi allaqachon boshqa shartnomani imzolab boʻlgan edi.

2007-yilda Slobodan yana shartnoma imzoladi. Bu safar Gollandiyaning „PSV Eindhoven“ klubiga transferni amalga oshirdi. Raykovichning debyuti 2007-yilning 19-avgustida Gollandiya chempionati doirasidagi „Herakles“ jamoasiga qarshi o‘yinda bo‘lib o‘tgan va „PSV“ jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. Oʻyinda Slobodan 87-daqiqada Aruna Kone oʻrniga maydonga tushdi. Chempionatda Raykovich „PSV“ning asosiy tarkibida kamdan-kam maydonga tushdi, ammo Gollandiya chempioniga aylandi.

Tuzilgan shartnoma muddati tugagandan soʻng, Raykovich „Twente“ klubiga shartnoma asosida maydonga tushdi[1]."Twente" jamoasi uchun Slobodan chempionatdagi debyutini 2009-yil 17-fevral oyida „Vitess“ jamoasiga qarshi oʻtkazdi va bu oʻyinda „Twente“ jamoasining 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi[2]. Klubdagi debyut mavsumida Raykovich 13 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta golning sohibi boʻlgan[1]. Iyun oyi oʻrtalarida „Twente“ jamoasi Raykovichning shartnoma muddatini 2010-yilgacha uzaytirdi[3].

Soʻngra „Chelsea“ jamoasiga qaytganidan soʻng, Raykovich Angliyada ish boshlash va London klubida futbol oʻynash uchun ruxsat olishni uddasidan chiqolmadi.2011-yilning 24-avgust oyida Raykovichning „Gamburg“ jamoasiga oʻtishi „Chelsea“ning rasmiy saytida eʼlon qilindi va Shartnoma toʻrt yilga tuzilgan edi. Raykovich 2011-yilning yoz oyida „Stamford Bridge“ jamoasidan „Dinozavrlar“ safiga qoʻshilgan beshinchi futbolchi boʻldi. 2011-yil 30-oktabrda Germaniya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan „Kaiserslautern“ jamoasiga qarshi o‘yinda to‘pni teginish chizig‘ida ushlash va raqib jamoasi o‘yinchisini orqaga qaytarish maqsadida uning yuziga tirsagi bilan zarba yoʻllagan.Shundan soʻng u qizil kartochka bilan jazolandi[4]. Raykovich diskvalifikatsiya muddatini o‘tab bo‘lgach, maydonga qaytdi, biroq bir qator muvaffaqiyatsiz o‘yinlardan so‘ng u zaxiraga yuborildi.Qayd etish joizKI, uning mavsum davomidagi o‘yiniga muxlislar va mutaxassislar bir necha bor to‘sqinlik qilishgan.Avgust oyida „Ajax“ va „Latsio“ serbiyalik himoyachini sotib olishga qiziqish bildirayotgani haqida maʼlumot paydo boʻldi[5]. Yozgi transfer oynasi yopilishi arafasida Donetskning „Metallurg“ klubi „Gamburg“ga Raykovichni shartnomaga berish taklifi bilan murojaat qildi[6]. Ammo futbolchi shartnomadan charchaganini aytib, „Metallurg“ bilan shartnoma imzolashni rad etdi[7]. Raykovich oʻzining 2012-2013 yilgi mavsumdagi birinchi oʻyinini faqat yanvar oyida oʻtkazdi va „Borussia“ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushdi, ammo „Verder“ jamoasi bilan ikkinchi oʻyinda jarohat oldi va mavsumning qolgan qismida safdan chiqdi[8]. 2014-yil iyun oyida „Hamburg“ Klubi Raykovich bilan shartnoma uzaytirilmasligini rasman eʼlon qildi.

Oʻsha yilning iyul oyida serbiyalik himoyachi Gretsiya „PAOK“ jamoasiga oʻtishi mumkinligi haqida maʼlumot paydo boʻldi, ammo transfer amalga oshmadi.Kuzda „Rubin“ jamoasining sobiq bosh murabbiysi Rinat Bilyaletdinov Raykovichni Qozon klubiga taklif qilishdan manfaatdor ekanligini aytgandi, ammo jamoa rahbariyati bu futbolchi jamoa uchun keraksiz ekanligini rasman taʼkidlagan edi[9]. 2015-yil 29-sentabrda esa Raykovich „Darmshtadt 98“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi[10][11].

2016-yilning yozida Raykovich „Palermo“ Klubi futbolchisiga aylandi, ammo shartnoma muddati va transfer summasi haqida xabar berilmadi[12]. 2018-2019-yilgi mavsum yakunlanganidan soʻng, „Palermo“ moliyaviy tartibsizliklar tufayli B seriyadan chetlashtirildi va havaskor D seriyasiga oʻtkazildi, biroq, Jamoadagi barcha futbolchilar, jumladan, Raykovich ham erkin agent maqomini olgan[13].

Jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Slobodan Serbiyaning bir necha yoshdagi terma jamoalarida oʻynagan, Serbiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Raykovich Kot-d’Ivuar terma jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qilgan.

Oʻyin uslubi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Raykovich kuchli himoyachi sanaladi. Odatda Raykovich „ikkinchi qavatda“ yaxshi oʻynash imkoniyatiga ega.

„PSV“ tarkibida
  • Eredivizion chempioni: 2007/08
„Tvente“ safida
  • Eredivizion chempioni: 2009/10
Milliy jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Serbiya 2008 2 0
2009 0 0
2010 2 0
2011 7 0
2012 2 0
2013 1 0
2014 0 0
2015 0 0
2016 5 0
Jami 19 0
  1. 1,0 1,1 „Rajkovic — season 2008/2009.“ (nl). «Voetbal International». 2012-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „FC Twente — Vitesse 2:1.“ (nl). «Voetbal International». 2012-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „FC Twente huurt Rajkovic opnieuw.“ (nl). FC Twente. 2012-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „«Гамбург» объявил об уходе Райковича“. 2015-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-sentyabr.
  5. „«Челси» борется за Слободана Райковича Райкович“. 2014-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 1-sentyabr.
  6. „выбыл до конца сезона“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-dekabr.
  7. „«Лацио» и «Аякс» претендуют на Райковича“. 2012-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 13-avgust.
  8. „Райкович отказал донецкому Металлургу“. 2014-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-dekabr.
  9. „Lilien verstärken sich mit Slobodan Rajkovic“. 2016-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-aprel.
  10. „Райкович близок к переходу в ПАОК“. 2015-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-iyun.
  11. „Р. Билялетдинов: я хотел остаться в «Рубине», но…“. 2015-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-sentyabr.
  12. „Official: Palermo out of Serie B“ (en). Football Italia (2019-yil 12-iyul). 2019-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-iyul.
  13. „Бывший защитник «Челси» Райкович присоединился к «Палермо»“. 2016-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-iyul.