Skillshare

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Skillshare
Joriy holati faol
Qaysi tillarda ingliz
Muassisi Michael Karnjanaprakorn
Malcolm Ong
Ochilgan sanasi 2010-yil
Joylashuv New York
Mamlakat Dunyo bo'ylab
URL skillshare.com

Skillshare (SKILLSHARE, deb reklama qilinadi) — onlayn oʻgranish imkonini beruvchi taʼlimga yoʻnaltirilgan videolarni taqdim etuvchi Amerikaning platformasi hisoblanadi. Skillsharedagi kurslar akkreditatsiyadan oʻtmagan boʻlib, obuna koʻrinishda taqdim etiladi.

Aksariyat kurslar leksiya koʻrinishda emas, biror loyihani tugatib oʻzlashtirishga qaratilgan. Asosiy kurs kategoriyalari sifatida kreativ sohalar, dizayn, tadbirkorlik, turmush tarziga oid va texnologiyani koʻrish mumkin.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maykl Karnjanaprakorn va Malkolm Ong 2010-yil noyabr oyida Nyu -York shahrida Skillshare dasturini boshladilar. Sayt 2011-yil aprel oyida ishga tushdi.[1][2] Undan oldin, Karnjanaprakorn Facebook tomonidan sotib olingan ijtimoiy media mahsuloti Hot Potato kompaniyasining mahsulotga javobgar jamoa yetakchisi boʻlgan. Ong esa OMGPop kompaniyasida mahsulot menejeri edi. 2011-yil avgust oyida Skillshare Union Square Ventures va Spark Capitaldan A seriyasida 3,1 million dollar investitsiya oldi. 2013-yil oxirida Skillshare 4,65 million dollar va 2014-yil fevralida 6 million dollar mablagʻ jalb qildi. Jami moliyalashtirish 10 million dollarga yetdi.

Skillshare 2012-yil aprel oyida Penni konferensiyasini oʻtkazdi. Unda joriy taʼlim tizimi va uni qanday isloh qilish boʻyicha bir kunlik muhokama boʻlib oʻtdi. Maykl Karnjanaprakorn, Codecademy asoschisi Zak Sims va Pencils of Promise asoschisi Adam Braunlar maʼruzachilar sifatida ishtirok etishdi.

Skillshare 2012-yil avgust oyida talabalar bilan hamkorlikda 15 ta mustaqil, onlayn kurslarni platformaga joylashtirdi. 2013-yil noyabriga kelib, platformada 250 dan ortiq kurslar paydo boʻldi va Skillshare oʻzining Dizayn maktabini ishga tushirdi.

2014-yil mart oyida Skillshare oylik 9.95 dollarlik biznes modelga oʻtdi. Oʻsha yilning oxirida, yangi ochiq platformani taqdim etdi. Unda har bir kishi kurs yozib, uni platformaga joyalshi mumkin boʻldi. Bepul obuna orqali esa foydalanuvchilar har oy cheklangan miqdorda kurslarni koʻrish imkoniga ega boʻldi.

2016-yil may oyida Skillshare B seriyada 12 million dollar investitsiya jalb qildi. Kompaniya 2018-yil iyul oyida C seriyasi boʻyicha yana 28 million dollar mablagʻ jalb qildi.

2019-yil mart oyi holatiga koʻra, Skillshareda 27 000 dan ortiq pullik va 2 000 dan ortiq bepul kurslarga ega edi.

2021-yil sentabr oyida Skillshare bepul darslar taklif qilishni toʻxtatdi. Endi foydalanuvchilar kurslarni koʻrish uchun pullik obunani sotib olishi yoki sinov muddatia ega boʻlishlari talab qilinadi.

Kurslar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Skillsharedagi kurslar reklama, biznes, dizayn, moda, kino va video, musiqa, fotografiya, oʻyin, texnologiya, yozish va nashr etish boʻyicha tashkil qilingan boʻlib, sohaning eng yaxshi mutaxassislari tomonidan taqdim etiladi. Barcha onlayn kurslarda oʻquvchilar oʻzlarining oʻqish tezligini oʻzi belgilaydi.[3][4]

Taniqli oʻqituvchilar orasida Set Godin (tadbirkorlik), Jessica Hische (xattotlik), Syuzan Orlean (kreativ ilmiy ommabop), Yosh Guru (audioga ishlov berish va uni yozish), Yuko Shimizu (siyoh orqali chizish texnikasi), Mark Ekko (tadbirkorlik va brend yaratish), Gari Vaynerchuk (ijtimoiy media strategiyasi), Gay Kavasaki (tadbirkorlik) va Paula Sher (grafik dizayn)

2018-yil iyun oyida kompaniya Skillshare Orginals kurslar toʻplamini taqdim etdi. Toʻplamga kiruvchi kurslar Skillshare tomonidan tasdiqlangan mualliflar tomonidan tayyorlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Jenna Wortham. „Skillshare Raises $3.1 Million to Turn Everyone Into Teachers“. The New York Times Bits (16-avgust 2011-yil). Qaraldi: 4-fevral 2014-yil.
  2. Brian Anthony Hernandez. „How Skillshare Is Transforming Education as We Know It“. Mashable (23-aprel 2012-yil). Qaraldi: 4-fevral 2014-yil.
  3. „Skillshare – Make Money Teaching What You Know“. Work at Home Adventures (15-aprel 2013-yil). Qaraldi: 4-fevral 2014-yil.
  4. „Learn Online with Career Step, Lynda, Skillshare and Treehouse“. Work From Home (9-yanvar 2014-yil). 2014-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-fevral 2014-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]