Skechers

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Skechers
Turi biznes, korxona va ommaviy kompaniya
Tarmogʻi sport tovarlari
Qachon asos solingan 1992
Joylashuvi Manhattan Beach, Kalifornia, AQSH
Hududiy xizmati dunyo boʻylab
Asoschi(lari) Robert Greenberg
Rahbariyat

Robert Greenberg (rais va kompaniya asoschisi)

Michael Greenberg (president)
Mahsulot(lar)i обувь, одежда
Aylanma daromadi US$7.44 milliard (2022)
Operatsion foydasi US$546.7 million (2022)
Boyligi 2 393 670 000[1]
Sof foydasi 285 359 000[1]
Ishchilar soni 15,100 (2022)
Shoʻba korxonalari

Skechers Singapore Pte. LTD

Skechers International

Skechers Sport, LLC

Skechers EDC SPRL
Vebsayti [1]
Bosh qarorgoh, Manhattan Beach, Kaliforniya
160 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yurituvchi Skechers brendi xalqaro biznesidan tushgan daromadni yanada oshirdi.

Skechers — 1992-yilda tashkil etilgan ayollar, erkaklar va bolalar uchun poyabzal ishlab chiqaruvchi Amerika kompaniyasi. Bosh ofisi Manhattan Beach (Kaliforniya shtati)da joylashgan, 1992-yilda tashkil etilgan[2]. Hozirda AQShdagi ikkinchi yirik sport oyoq kiyimlari ishlab chiqaruvchi brend[3]. 2015-yil Skechers uchun moliya yili bo'ldi, ya'ni brend o'z mahsulotlari ortidan 3 milliard dollardan ortiq daromad topdi. 2016-yil yanvar holatiga ko'ra, kompaniya butun dunyo bo'ylab 9200 dan ortiq kishini ish bilan ta'minlagan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1983-yilda amerikalik Robert Greenberg o'zining L.A.Gear poyabzal kompaniyasini ishga tushirdi. Dastlabki bir necha yil ichida kompaniya faoliyati shu qadar yaxshi ketayotgan ediki, AQShda L.A.Gear kompaniyasi Reebok va Nike kabi gigant kompaniyalar bilan ham raqobatlasha oldi. Ammo 1991-yilda ushbu kompaniya uchun qiyin davr keldi va Robert Greenberg uni sotishga qaror qildi.

O'z avlodi uchun 100 million dollar daromadga erisha olgan Robert Greenberg yangi loyihani rejalashtirishni boshladi. 1992-yilda Robert Greenberg o'g'li Michael Greenberg bilan birgalikda Skechers kompaniyasinini ochdi va yoshlarga sport poyabzali sotishga qaror qildi. Robert Greenberg kompaniyaning bosh direktori, Michael esa kompaniyaninhg prezident edi. Kompaniya o'zining 85 ta do'konini ochgunga qadar Skechers botinkalari faqat Macy, Nordstorm va Bloomingdaleda kabi magazinlardagina mavjud edi[4].

1995-yilda Skechersninh ilk mono-brend do'koni Los-Anjelesda (LA) ochiladi. Keyinchalik AQShning boshqa shaharlarida ham ushbu brendga qarashli do'konlar ochila boshladi. Yana bir necha yil o'tgach, brend Ispaniya, Singapur, Avstraliyada ham mashhurlikka erishdi.

1998-yil kompaniya uchun juda muhim yil bo'ldi. Aynan o'sha yilda Skechers Sport — eng muvaffaqiyatli va moliyaviy jihatdan foydali bo'lgan sport poyafzallari tarmog'i paydo bo'ldi.

Skechers yoshlar uchun mo'ljallangan Mark Nason, Michelee K, Ecko, 310 Motoring va Zoo York kabi bir qancha sho'ba korxonalariga ham ega[5].

Rivojlanishning asosiy bosqichlari[6]:

1992-yil — tovar belgisiga asos solindi;

1995-yil — Los-Anjelesda birinchi kontseptual do'konning ochilishi bo'lib o'tdi. Assortimentga ayollar qatori ham o'rin oldi.

1998-yil — Skechers Sport liniyasi ishga tushirildi.

2001-yil — Britney Spears ishtirokida reklama ishlandi.

2003-yil — Christina Aguilera ishtirokida reklama ishlandi.

2004-yil — kompaniya Yevropa va Osiyo bozorlarida ochiqchasiga o'z brendni targ'ib qilish imkoniyatini qo'lga kiritdi.

2005-yil — Amerikalik qo'shiqchi Kerri Andervud ishtirokida va hip-hop qo'shiqchisi The Game ishtirokida 310 Motoring tarmog'i bo'yicha Hurricane uchun reklama ishlandi.

2006-yil — 310 Motoring uchun Ashlee Simpson va Terrence Howard ishtirokidagi reklama ishlandi, ZOO YORK poyabzal kolleksiyasi taqdimoti bo'lib o'tdi.

2007-yil — Cali Gear liniyasi ishga tushirildi; mashhur Amerika shou High School Musical pop qo'shiqchi Jojo va aktrisalar Vanessa Hudgens va Ashley Tisdale ishtirokida Rhino Red brendlari uchun reklama ishlandi; hip-hop qo'shiqchisi Nas ishtirokidagi yangi 310 Motoring — Disciple liniyasi uchun reklama ishlandi.

2008-yil — Shape Ups fitnes poyabzallarining birinchi qatori chiqarildi.

2011-yil — Skechers fitnes poyabzallarining yangi liniyalari — SRR, Liv, Surge, sportchilar (Wayne Gretzky, Joe Montana, Karl Malone) va shou-biznes yulduzlari (Kim Kardashian) uchun Shape Ups poyabzallarini saqlash bo'yicha reklamalarda ishtirok etdi.

2012-yil — GO sport poyabzalining yangi liniyasi ishga tushirildi, u butun dunyo bo'ylab eng kuchli reklamalarda ishtirok etuvchi — itlar poygasida ishtirok etuvchi Mister Kwigley ismli fransuz buldogi videoroligini ishladi.

2012-yil — Skechers o'zining 20 yilligini nishonladi.

2014-yil — GO run 3/GOrun ride 3 sport poyafzallari assortimenti ishlab chiqarishni rivojlantirish ishlarini davom ettirdi.

Дата выхода на российский рынок: 2000 год.

Boshqaruv[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bosh direktor: Robert Greenberg. Hammuassisi.

Rais: Maykl Greenberg. Hammuassisi.

Tovarlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kompaniya ikkita alohida toifadagi poyabzallarni iste'molchilarga taklif etadi: Skechers Memory Foam — Foam liniyasi, Relaxed Fit — qulay turdagi poyabzallarini o‘z ichiga oluvchi liniya, Skechers GOrun va Skechers GOwalkni o‘z ichiga oluvchi Performance liniyalari[2]. Skechers erkaklar, ayollar va bolalar uchun sport kiyimlarini ham ishlab chiqaradi. Litsenziyalash shartnomalari orqali kompaniya markali sumkalar, soatlar va ko'zoynaklar va qo'shimcha tovarlarni taklif etadi. Skechers o'z mahsulotlarini 160 dan ortiq mamlakatlarda va butun dunyo bo'ylab 1710 dan ortiq do'konlarda sotadigan keng distribyutorlar tarmog'iga ega.

Reklama faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Skechers o'z reklamalariga eng mashhur shaxslarni jalb etadi, masalan: qo'shiqchi Meghan Trainor, teleboshlovchi Brooke Burke, model va aktrisa Kelly Brook, Janubiy Koreyaning EXO bolalar guruhi va Sistar qizlar guruhi, bokschi Sugar Rey Leonard, sobiq futbolchi Xoui Long, shuningdek, Olimpiya yuguruvchilari Meb Keflezighi va Kara Gutscher, golfchilar Matt Kuchar, Belen Mozo, Kolin Montgomeri, Skechers Performance bo'limi uchun Billi Andrade .

2001-2002-yillarda brendning yuzi qo'shiqchi Britney Spears edi. Shartnoma muddati tugagach, Britney o'rniga uning asosiy raqibi — Christina Aguilera keladi. Christina bilan dastlab 18 oyga tuzilgan shartnoma keyinchalik yana olti oyga uzaytiriladi. Uning sharafiga X-Tina krossovkalari ham ishlab chiqarildi.

2003-2004-yillarda basketbolchi Rick Fox va aktyor Jr Robert Dauni Skechers reklamasida ishtirok etishgan. Bundan tashqari, aktyorlar Rob Lowe va Matt Dillon ham turli vaqtlarda brendning reklamalarida paydo bo'lgan, shuningdek, The Black Eyed Peas, qo'shiqchilar Ashlee Simpson, Carrie Underwood va Brendi ham brend reklamalarida ishtirok etishgan. Skechers Shape Ups modelining yuzi — Kim Kardashian.

Yo'nalishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Skechers brendining bir nechta asosiy yo'nalishlari mavjud[5]:

Skechers Sport — eng istiqbolli va tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli yo'nalish. U sport va ochiq havoda ishlash uchun mo'ljallangan poyabzallar ishlab chiqarishni o'z ichiga oladi.

Skechers USA — kundalik kiyib yurish uchun mo'ljallangan poyabzal.

Skechers Active — havaskor sportchilar uchun ishlab chiqariladigan krossovkalar to'plami.

Skechers Comfort

Skechers Outdoor — kuz-qish issiq etiklari.

Something Else by Skechers — yosh qizlar uchun ishlab chiqariladigan poyabzal.

Skechers Kids - bolalar uchun ishlab chiqariladigan poyabzal.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Tina Grant. Skechers USA, Inc. // International Directory of Company Histories. — ST JAMES Press, 2007. — С. 369—370. — 762 с. — ISBN 9781558625921.
  • Lewis D. Solomon. Alleviating Global Poverty: The Role of Private Enterprise. — Xlibris Corporation, 2014. — 175 с. — ISBN 9781503516885.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 Официальный сайт SkechersAndoza:Недоступная ссылка
  3. „Skechers Strides Into Second Place in U.S. Sports Footwear Market“. The Wall Street Journal.. 2017-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-may.
  4. Laura Avery – Newsmakers 2003 Cumulation: The People Behind Today's Headlines; Chief Executive Officer of Skechers USA, Inc; Gale Group, 2003, стр. 210/694; ISBN 0787663913, ISBN 9780787663919
  5. 5,0 5,1 „Skechers U.S.A. (SKX)“. 2018-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-may.
  6. Энциклопедия моды. Skechers[sayt ishlamaydi]