Skalpel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Skalpel (lot. scalpellum — pichoqcha) — jarrohlik amaliyotida toʻqima va aʼzolarni kesishda ishlatiladigan kichikroq maxsus metall pichoqcha. Uzunligi 12—15 sm, kesadigan qismi kalta va dastasi uzunroqboʻladi. S. kesuvchi yuzaning tuzilishiga qarab yassi qorinchali S, koʻz skalpeli, oʻtkir uchli S, toʻgʻri S, stomatologik S. farq qilinadi. Hozirgi lazer va ultratovush S.lari hamda "elektrskalpellar" mavjud. S. oʻtkir, ushlashga qulay, oson tozalanadigan va sterillanadigan boʻlishi kerak.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]