Kontent qismiga oʻtish

Sivas Katta masjidi

Koordinatalari: 39°44′49.7″N 37°01′03.3″E / 39.747139°N 37.017583°E / 39.747139; 37.017583
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Sivas Katta masjidi
turkcha: Sivas Ulu Camii
Fayl:035 Ulucami.07.2006 resize. JPG
Sivas Katta masjidi
Mamlakat  Turkiya
Hudud Sivas (viloyat)
Shahar Sivas
Koordinatalar 39°44′49.7″N 37°01′03.3″E / 39.747139°N 37.017583°E / 39.747139; 37.017583
Masjid turi jome masjid
Meʼmoriy uslub Onadoʻli Saljuqiylari meʼmorchiligi

Sivas Katta masjidi (turkcha: Sivas Ulu Camii) – Turkiyaning Sivas shahrida joylashgan tarixiy masjid. XII asrda bunyod etilgan va shaharda saqlanib qolgan eng qadimgi bino. Minorasi XIII asr boshlarida qurilgan.

Masjid Sivasda saqlanib qolgan eng qadimgi bino[1] va Onadoʻlidagi eng qadimgi masjidlardan biri hisoblanadi[2]. 1955-yilda restavratsiya ishlari davomida topilgan epigrafik yozuvga koʻra[3], masjid 1196–1197-yillarda[1][4] Qizilarslon ibn Ibrohim tomonidan Sivas amiri Qilij Arslon II oʻgʻli Qutbiddin Malikshoh hukmronligi davrida barpo etilgan[5]. Nemis tarixchisi va arxeologi Michael Meinecke ushbu bino 1109-yilda qurilganini taʼkidlagan[1]. Ayrim olimlar binoning meʼmoriy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, uni XII asr boshlarida Donishmandiya hukmdorlari davrida (1178-yilda Koʻniya sultonligi tomonidan qoʻshib olinishidan oldin) bunyod etilgan deb hisoblaydi[3].

Minora taxminan 1213-yilda[6][1] masjidni taʼmirlash vaqtida qurilgan[6]. Bu Onadoʻlida bunyod etilgan masjidlarda minora ham qoʻshib qurilgan davr edi[1].

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy tuzilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bino gipostil uslubida qurilgan boʻlib, bu Onadoʻlidagi eng qadimgi masjid dizaynlaridan biri hisoblanadi[7][8]. Asosiy inshoot (namoz zali) toʻrtburchak shaklidagi past bino boʻlib, kesma toshdan qurilgan[7][9]. Masjidga shimoliy tomondan, zamonaviy davrga oid yogʻoch ayvon orqali kiriladi[7]. Masjidning tashqi koʻrinishi ham, ichki koʻrinishi ham sodda boʻlib, bezak elementlari kam uchraydi[9].

XII asrga oid minora gʻishtdan qurilgan boʻlib, masjidning janubi-sharqiy burchagiga yaqin joyda joylashgan[1]. 114 pogʻonali gelikoid uslubida qurilgan zinapoya orqali tepaga koʻtarilish mumkin[1]. Minora Eron mintaqasidagi oldingi Buyuk Saljuqiylar meʼmorchiligida yaratilgan minoralarga oʻxshash[1].

Restavratsiya ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirda minora egilish xavfi ostida boʻlib, bu narsa uzoq vaqtdan beri uning tashqi qiyofasining ajralmas xususiyatiga aylangan. 2023-yil holatiga koʻra, minoraning tepa qismi uning poydevordagi vertikal oʻqidan 117 santimetr (46 dyuym) siljigan edi. 2023-yil oktyabr oyida turk va italiyalik mutaxassislar guruhi minorani barqarorlashtirish rejasini ishlab chiqdi. Unga koʻra, 40 metr uzunlikdagi poʻlat mustahkamlovchi elementlar ichkariga joylashtiriladi[10][11][12]. Keyinchalik masjidning bosh binosi ham taʼmirlab, restavratsiya qilinadi[10].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 McClary 2017.
  2. „Sivas Ulu Cami – Sivas“ (tr). Türkiye Kültür Portalı. Qaraldi: 2019-yil 4-iyun.
  3. 3,0 3,1 Tanman. „DÂNİŞMENDLİLER“ (tr). TDV İslâm Ansiklopedisi (1993). Qaraldi: 2024-yil 3-oktyabr.
  4. „Sivas“, The Grove Encyclopedia of Islamic Art and Architecture (en) Bloom: . Oxford University Press, 2009 — 224-bet. ISBN 9780195309911. 
  5. Bilget. „SİVAS“ (tr). TDV İslâm Ansiklopedisi (2009). Qaraldi: 2024-yil 3-oktyabr.
  6. 6,0 6,1 „Sivas“, The Grove Encyclopedia of Islamic Art and Architecture (en) Bloom: . Oxford University Press, 2009 — 224-bet. ISBN 9780195309911. 
  7. 7,0 7,1 7,2 „Architecture“, The Grove Encyclopedia of Islamic Art and Architecture (en) Bloom: . Oxford University Press, 2009 — 117-bet. ISBN 9780195309911. 
  8. Crane, Howard „Turko‐Persian Empires between Anatolia and India“, . A Companion to Islamic Art and Architecture (en) Flood: . Wiley Blackwell, 2017 — 337-bet. ISBN 9781119068662. 
  9. 9,0 9,1 Tanman. „DÂNİŞMENDLİLER“ (tr). TDV İslâm Ansiklopedisi (1993). Qaraldi: 2024-yil 3-oktyabr.
  10. 10,0 10,1 Erdogan. „Restoration of 827-year-old Great Mosque in Sivas begins - Türkiye Today“ (en-US) (2024-yil 9-may). Qaraldi: 2024-yil 3-oktyabr.
  11. „Turkish, Italian team to lead work on restoring tilted minaret in Sivas“ (en-US). Daily Sabah (2023-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 3-oktyabr.
  12. „Turkish, Italian team to start works on leaning minaret - Türkiye News“ (en). Hürriyet Daily News (2023-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 3-oktyabr.