Sissitiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sissitiya (συσσίτια συσσίτια, „birgalikda ovqatlanish“), Qadimgi Gretsiya, ayniqsa Doriylar orasida — fuqarolar uchun tashkil etilgan birgalikda ovqatlanish marosimlari, koʻproq Krit va Spartada mashhur hamda Megara va Korinfda yodga olinadi. Xalq qahramonlarining qoʻshma bayramlari haqida Homer ham yozgan. Bunday marosimlar spartaliklarda fiditiyalar, Kritda esa — andriyalar deb atalgan.

Bunday yigʻinlarda ishtirok etish har bir fuqaroning burchi boʻlib, undan bosh tortganligi uchun hatto shohga ham jarima solinishi mumkin edi.

Plutarxga koʻra, „har bir mehmon har oyda bir medim arpa uni, sakkiz hoy sharob, besh ming pishloq, ikki yarim ming anjir va nihoyat, goʻsht va baliq sotib olish uchun ozgina pul olib kelgan“ [1]. Eng mashhur ovqatlardan biri qora atala edi.  Aristotelga koʻra esa[2] kambagʻallar uchun oʻz hisoblaridan bunday oʻrnatilgan hissani qoʻshish va undan tashqari qolgan hoʻjaliklarini saqlab turish oson emas" edi. Kritda umumiy ovqatlanish yigʻinlari uchun mablagʻni davlat ajratgan.

Koʻplab antik davr mualliflari yosh spartaliklarning tarbiyasi va ularni polisning qadriyatlariga oʻrgatish uchun bunday qoʻshma bayramlarning katta ahamiyatga ega boʻlganligini qayd etadilar. 

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Plutarx. Likurg 12
  2. Aristotel. Politika II 6, 1271a 26-31