Sirojiddin Sayyid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sirojiddin sayyiddan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Sirojiddin sayyid (taxallusi; asl ism-sharifi Saidov Sirojiddin) (1958.30.10, Sariosiyo tumani Kundajuvoz qishlogʻi) — shoir. Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1979). „Toshkent oqshomi“ (1980—89), „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ (1989—90; 1991—96) gaz.lari va „Mushtum“ jur.da (1990—91) adabiy xodim, boʻlim mudiri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshkaruvida rais oʻrinbosari (2001—03), birinchi oʻrinbosari (2003—2018), 2018-yildan Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasining raisi sifatida faoliyat olib boradi. Ilk sheʼrlar toʻplami — „Ruhim haritasi“ (1985). Shundan keyin uning „Salqin harsanglar kaftida“ (1987), „Sevgi mamlakati“ (1989), „Asragil“, „Mehr qolur, muhabbat qolur“ (1990), „Kuydim“ (1994), „Vatanni oʻrganish“ (1996), „Vatan abadiy“ (2001) va boshqa toʻplamlari nashr etilgan. Sirojiddin Sayyid sheʼriyatida oʻzbek mumtoz sheʼriyati anʼanalari bilan birga xalq ogʻzaki ijodiga xos xususiyatlar — xalqchillik, soddalik, tilning shiraligi, Surxondaryo shevasiga xos leksik va musiqiy tovlanishlar yetakchilik qiladi. Shuning uchun uning aksariyat sheʼrlari ashulaga aylangan. Ayni paytda Sirojiddin Sayyid oʻz ijodida oʻzbek sheʼriyatining soʻnggi badiiy yutuqlarini oʻzlashtirgan holda hozirgi voqelikda va kishilarning ruhiy olamida yuz berayotgan oʻzgarishlarni aks ettirmoqda. „Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlangan (1999).