Sirojiddin Sayfiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sirojiddin Sayfiyev
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 20-avgust 1982-yil
Tavallud joyi Samarqand,
Oʻz SSR, USSR
Vafot sanasi 20-fevral 2019-yil(2019-02-20)
(36 yoshda)
Vafot joyi Samarqand,
Oʻzbekiston
Boʻyi 1,73 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2001-2005 Dinamo 107 (5)
2006 Taraz 3 (0)
2007-2008 Shoʻrtan 47 (6)
2009-2014 Dinamo 120 (15)
Milliy terma jamoa
2008 Oʻzbekiston 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Sirojiddin Sayfiyev (1982-yil 20-avgust, Samarqand – 2019-yil 20-fevral, Samarqand) – yarim himoyachi sifatida oʻynagan oʻzbek futbolchisi. Faoliyatining asosiy qismini Samarqandning „Dinamo“ klubida oʻtkazgan.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sirojiddin Sayfiyev professional faoliyatini 2001-yilda oʻzining tugʻilgan shahri „Dinamo“ jamoasida boshlagan. „Dinamo“ tarkibida Sayfiyev 2005-yilgacha toʻp surgan va shu vaqt ichida u 107ta oʻyinda maydonga tushib, 5ta gol urgan. 2006-yilda u Qozogʻistonning „Taraz“ klubi bilan shartnoma imzolagan, biroq bu jamoa tarkibida bor-yoʻgʻi uchta oʻyin oʻtkazgan. 2006-yil oxirida u „Taraz“ bilan shartnomani bekor qilib, Oʻzbekistonga qaytdi.

2007-yil boshida „Shoʻrtan Gʻuzor“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. „Shoʻrtan“ tarkibida Sayfiyev ikki mavsum toʻp surdi va shu vaqt ichida 47 ta oʻyinda maydonga tushib, 6ta gol urdi. 2009-yilda u oʻzining tugʻilgan klubi „Dinamo“ga qaytdi. Sirojiddin Sayfiyev klub posbonlaridan biri boʻlib, u „Dinamo“ tarkibida 200 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 2008-yilda bitta oʻyin oʻtkazgan. 2014-yilda u „Dinamo“ tarkibida jiddiy jarohat oldi[1][2]. Keyinchalik unga saraton tashxisi qoʻyilgan[3][4][5]. 2019-yilning 20-fevralida uzoq davom etgan kasallikdan soʻng vafot etdi[6][7]. Bugungi Sirojiddin xotirasiga har yili „Sirojiddin Sayfiyev Xotira turniri“ oʻtkazib kelinmoqda[8][9][10].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]