Sintetik seleksiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sintetik seleksiya - seleksiyada tanlash uchun duragaylash yoʻli bilan chiqarilgan (sintezlangan) boshlangʻich materialdan foydalanishga asoslangan usul. Seda ota-ona juftlarini ularning kelib chiqish joyi va muhit sharoitlari boʻyicha uzokligiga qarab tanlash muhim oʻrinni egallaydi. Birbiriga yaqin navlarni chatishtirish ham qoʻllaniladi, shuningdek, poliploidiya, amaliy mutagenez, liniyalararo duragaylarni yaratishda qoʻllaniladigan oʻzidan changlantirish va boshqalardan ham foydalaniladi. Sintetik seleksiya oʻsimliklar seleksiyasidagi asosiy usul. Hozirgi ekinlarning juda kup yangi navlari shu usulda yaratilgan (qarang Inbriding).