Kontent qismiga oʻtish

Sindarin

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sindarin
Milliy nomi Sindarin
Til oilasi

sunʼiy tillar

Alifbosi Tengvar (asosiy), Kirt
Til kodlari
ISO 639-3 sjn

SindarinJ. R. R. Tolkien tomonidan uning Ardada, asosan Oʻrta Yerda kechadigan fantastik hikoyalari uchun yaratilgan sunʼiy tillardan biridir. Sindarin elflar tomonidan soʻzlashilgan koʻplab tillardan biri hisoblanadi.

Sindarin soʻzi Quenya tilida „Kulrang elflar tili“ maʼnosini anglatadi. Chunki u Belerianddagi Kulrang elflarning tili boʻlgan. Ular Uchinchi qabilaga mansub elflar boʻlib, Buyuk sayohatdan keyin Beleriandda qolib ketgan edilar. Ularning tili dengiz oshib ketgan qarindoshlarining tilidan ajralib qolgan. Sindarin undan avvalgi til – Umumiy Telerindan kelib chiqqan boʻlib, u esa Umumiy Eldarindan rivojlangan. Umumiy Eldarin Eldar xalqlari boʻlinishidan oldin soʻzlashilgan til boʻlib, Oromë Valaniga ergashib Valinorga Buyuk yurishga otlangan elflar shu tilda gaplashgan. Undan ham avvalroq Eldarlar barcha elflarning dastlabki tili – Ibtidoiy Quendianda soʻzlashganlar. Tolkien Sindarin fonologiyasi va grammatikasining ayrim jihatlarini adabiy uels tiliga asoslagan. Sindarinda kelt tillariga xos boʻlgan undosh tovushlarning oʻzgarishlari ham namoyon boʻladi[1].

  1. Burns, Marjorie. Perilous Realms: Celtic and Norse in Tolkien's Middle-earth. University of Toronto Press, 2005 — 21-bet. ISBN 0-8020-3806-9.