Simob rudalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Simob rudalari - tarkibida iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq konsentratsiyada simob boʻlgan va uni sanoatda foydalanishning texnik imkoniyati mavjud boʻlgan tabiiy mineral hosilalar. Asosiy ruda minerali — HgS — kinovar (tarkibidagi simob 86,2%). Simobning ikkinchi darajali ruda minerallari — metatsinnabarit, tugʻma simob, livingstonit, korderoit, makdermitit hamda tarkibida simob boʻlgan mis, surma, mishyakning sulfatuzlari. Sr. sifatiga qarab juda boy, boy va kambagʻal boʻlib, har bir simob konida ham ularning oʻzaro salmogʻi turlicha boʻladi. Sr. (konlari) genezisi, morfologik tuzilishi hamda sanoat turi koʻrsatkichlari boʻyicha juda xilma xil. Oxirgi tasnif boʻyicha (Fedorchuk, 1990) endogen, plutonogen, teletermal, vulkanogen, ekzogen hamda geterogen simob konlari mavjud. Ulardan teletermal rudali konlar simob qazib chiqarishning asosiy manbai hisoblanib, kvarsdikkitli (Almaden — Ispaniyada, Nikitovka — Ukrainada), jasperoid (Haydarkon, ChauvayQirgʻiziston), karbonatli (Adirakov, Birkgu — Qirgʻiziston), listvenitli (Choʻnkoy — Qirgʻiziston, Tamvatney — Saxa, NyuAlmaden va NyuIdriya — AQSH) turlari maʼlum. Oʻzbekistonda Turkiston tizmasining gʻarbiy qismida Sr.ning karbonatli turiga xos Krrasuv koni maʼlum.