Silicon Valley Bank
![]() |
SVB Financial Group Kaliforniyada joylashgan moliyaviy guruh. Faoliyatining asosi Silicon Valley Bank (Silicon vodiysi Banki) hisoblanadi. AQShdan tashqari Buyuk Britaniya, Irlandiya, Germaniya, Isroil, Xitoy, Gonkong, Hindiston, Daniya, Kanada va Kayman orollarida ham faoliyat yuritadi. Kompaniya 2021-yilgi Fortune 500 roʻyxatida 613-oʻrinni egalladi[1].
Silicon Valley Bank 1983-yilda Kaliforniya shtatining San-Xose shahrida tashkil etilgan. 1985-yilda Palo Altoda, 1986-yilda Santa Klarada boʻlim ochilgan. 1988-yilda birlamchi aksiyalar joylashuvi oʻtkazildi. 1995-yilda shtab-kvartira San-Xosedan Santa Klaraga koʻchirildi. 1999-yilda Delaverda roʻyxatdan oʻtgan SVB Financial Group xolding kompaniyasi tashkil etildi. 2004-yilda Buyuk Britaniya va Hindistonda, 2005-yilda esa Xitoy va Isroilda faoliyatlar boshlandi. 2012-yilda Shanghai Pudong Development Bank bilan Xitoyda venchur kapitalini moliyalashtirish bilan shugʻullanuvchi qoʻshma korxona tashkil etildi.
Smit rahbarligida bank 1990-yillarning boshlarida portfoliosining 50% ni tashkil etuvchi yuqori darajadagi xavfli ko'chmas mulk krediti biznesiga diversifikatsiya qilindi.
2020-yil oxirida aktivlar 116 milliard dollarni tashkil etdi, shundan 49 milliard qismi qimmatli qogʻozlarga toʻgʻri keldi (asosan ipoteka kreditlari), 45 milliard berilgan kreditlarga toʻgʻri keldi (asosan texnologiya va sogʻliqni saqlash sohasidagi kompaniyalarni venchur moliyalashtirish doirasida 30 milliondan ortiq kreditlar); berilgan kreditlarning qariyb yarmi Kaliforniya, Nyu-York- York va Massachusets Shtatlariga toʻgʻri keldi. Muhim faoliyat yoʻnalishi-AQShning gʻarbiy qismidagi vino xoʻjaliklarini moliyalashtirish. Qabul qilingan depozitlar 102 milliard dollarni tashkil etdi[2].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „SVB Financial Group“ (inglizcha). Fortune. 16-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Annual Report 2020, Form 10-K“ (inglizcha). SVB Financial Group. 16-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-oktabr 2021-yil.