Sil dispanseri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sil dispanseri — davolashprofilaktika yordami koʻrsatadigan maxsus tibbiy muassasa. Oʻz sohasiga oid bemorlar sonini aniklash, hisobga olish, davolash, ularni kuzatib borish, uy va ish sharoiglarini oʻrganish, shuningdek, shu kasallikka qarshi kurash, oldini olish choralari bilan boglik sanitariyamaorif masalalarini ishlab chikish, targʻib etish Sil dispanserining asosiy vazifasidir. Oʻzbekistonda birinchi Sil dispanseri 1922-yil Toshkentda tashkil etilgan. Keyinchalik barcha viloyatlar, shahar va tumanlarda ham Sil dispanseri faoliyat koʻrsata boshladi. Sil dispanseri oʻz hududidagi epidemiologik holatni muntazam nazorat Kilib boradi, sil aniqlangan taqdirda, darhol bemorga xos va mos davolash yoʻlyoʻriqlarini amalga oshiradi, doridarmonlar bilan taʼminlaydi, zarur boʻlgan hollarda bemorni kasalxonaga; sanatoriyga joylashtiradi. Sil dispanseri xodimlari sanitariyaepidemiologiya stansiyasi (SES), tugʻruqxonalar va boshqa tibbiy muassasa xodimlari bilan hamkorlikda vaksinatsiya, revaksinatsiya, BSJ, shuningdek, aholini flyuorografik tekshiruvdan oʻtkazish ishlarini ham amalga oshiradi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil