Sikoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sikoz (yunoncha: sykosis — uzum gʻujumi) — soch follikulasining yalligʻlanishi. Asosan, erkaklarda koʻproqyuzning sochsoqol, moʻylovli qismida uchraydi. Kelib chiqishiga koʻra, stafilokokkli (oddiy) yoki zamburugʻli (parazitar) S. farq qilinadi. Stafilokokkli yoki oddiy S. surunkali kechadm va botbot qoʻzib turadi. S.da oʻrtasi tukli kichik maddalar paydo boʻlib, baʼzi joylarini yiringli qasmoq bosib, suvlanib turadi, bir oz ogʻriydi. 2—3 kundan soʻng yiring qotib pust bilan krplanadi, keyinchalik pust tushib ketib, oʻrnida yana yiringli maddalar paydo boʻladi. Stafilokokkli S. terining ifloslanishi, buruntomoq boʻshligʻidagi turli surunkali kasalliklar, shuningdek, endokrin bezlar va nerv faoliyatining buzilishlaridan kelib chiqadi. Kasallik oylab, baʼzan yillab davom etadi. Bunda bemorning terisi tortishib, achishib ogʻriydi. Ayniqsa, zararlangan soha yuzda boʻlganida bemorning ruhiy holati oʻzgaradi. Kasallikning kechishi va belgilariga qarab davo tayinlanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil