Geksogen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Siklotrimetilentrinitritamindan yoʻnaltirildi)

Geksogen, siklotrimetilentrinitritamin — C3H6N6O6 kuchli portlovchi modda. Urotropinnnnt nitro hosilasi. Mol. m. 222,126; rangli kristallar; suyuqlanish temperaturasi 205° (ajralish bilan); zichligi 1816 kg/m3. Ishqalanish va zarb taʼsirida portlab ketadi. Suvda erimaydi; spirt, efir, benzol, toluol, xloroformda yomon, atseton, konsentrlangan nitrat va sir-ka kislotada yaxshi eriydi. Urotropinga konsentrlangan HNO3 yoki uning NH4NO3, SN3SOON yoxud (SN3SO)2O bilan aralashmasini taʼsir ettirib olinadi. Detonator-kapsulalarda, parafin va b. moddalar bilan aralashtirilib, artilleriya snaryadlarida ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil