Sifat analizi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sifat Analizidan yoʻnaltirildi)

Sifat analizi — analitik kimyoning asosiy boʻlimlaridan biri; analiz qilinayotgan modda yoki moddalar aralashmasidagi elementlar, radikallar, funksional guruxlar va birikmalarni kimyoviy, fizikkimyoviy, fizikaviy aniklash va identifikatsiyalash usullari majmui. Sifat analizining muhim tavsifli usullari: 1) oʻziga xoslik (selektivlik) — qidirilayotgan elementni boshqa element ishtirokida aniklash usuli va 2) sezgirlik — nihoyatda oz miqdordagi elementni, yaʼni bir tomchi (0,01—0,03 ml) eritmadagi elementni aniklash. Sifat analizining hozirgi usullarida sezgirlik 1 mkg ga boradi. Anorganik moddalarning klassik Sifat analizi "quruq" yoki "hoʻl" usulda olib boriladi. Sifat analizining "quruq" usuli bir oz miqdorda bura (tanakor) yoki "fosfor tuzi" (NaNH4HPO44H2O) qoʻshib tekshirilayotgan modda kukuni (odatda, metall tuzlari yoki oksidlari) qizdirilganda gaz gorelkasi alangasi rangining oʻzgarishiga va rangli shishasimon qotishmalar hosil boʻlishiga asoslangan. Sifat analizining "hoʻl" usuli makro,"yarim makro", "yarim mikro", mikro va ultramikro usullarga asoslangan (yana qarang Ultramikrokimyoviy analiz, Tomchi analiz).

Suvli eritmalardagi anorganik birikmalarning Sifat analizi ion reaksiyalariga asoslangan. Sifat analizining kimyoviy usuli bilan bir qatorda fizikaviy, fizikkimyoviy usullari qam keng qoʻllanadi. Bu usullar tekshirilayotgan moddalarning optik, elektr, magnit, issiklik, katalitik, adsorbsion va boshqa xossalarini oʻrganishga asoslangan (qarang Spektram analiz, Polyarografiya).

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Mirkomilova M., Analitik kimyo, T., 1996.