Sidna Umar masjidi
| Masjid | |
| Mamlakat | |
| Joylashuvi | Quddus eski shahri, Yahudiylar mavzesi |
| Koordinatalar | 31°46′30″N 35°13′52″E / 31.77500°N 35.23111°E |
| Meʼmoriy uslub | Mamluk meʼmorchiligi |
| Minoralar soni | 1 |
| Minoralar soni | 1 |
Sidna Umar masjidi (arabcha: مسجد سيدنا عمر) Quddusning eski shahri yahudiylar mavzesida joylashgan mamluklar davriga oid masjid. Hurva va Ramban sinagogasi yonida joylashgan[1].
1967-yilgi olti kunlik urushda Isroil kuchlari Quddusning eski shahrini ham oʻz ichiga olgan Sharqiy Quddusni egallaganidan beri masjid muddatsiz ravishda yopib qoʻyilgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid haqida maʼlum boʻlgan eng qadimgi eslatma tarixchi Mujiriddin (1496-yilda tugʻilgan) tomonidan qoldirilgan boʻlib, u masjidning 1397-yilda taʼmirlangani, buning uchun mablagʻ toʻplangani va uni saqlash uchun yer ehson qilingani haqida yozgan[2]. Obadiah Bartenuraning yozishicha, masjid islomni qabul qilgan bir yahudiy tomonidan bunyod etilgan[3].
Olti kunlik urush paytida minoraga snayperlar oʻqi tekkan, minora 1974-yilda taʼmirlangan[2].
Bino 2019-yilda yana taʼmirlangan boʻlib, uning xarajatlari Iordaniya hukumati tomonidan qoplangan[1].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Minora mamluklar davriga xos boʻlib, ikki qavatdan iborat. Yuqori qismida muazzin uchun balkon bor. Minorining yuqori qismi inshootni barqarorlashtirish uchun poydevoriga nisbatan torroq qilingan[2].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Masjidning joylashuvi, Quddusning eski shahridagi arman va yahudiylar mahallalari oʻrtasida, 1936-yilgi Survey of Palestine xaritasi
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 Yedid, Baruch „Jordan Reopening Mosque Adjacent to Hurva Synagogue in Heart of Jerusalem's Jewish Quarter“. Jewish Press (2019-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 22-iyun.
- 1 2 3 Burgoyne. Mamluk Jerusalem: An Architectural Study, 1984 — 513-bet.
- ↑ Friedson, Yael.. „"עוד יהיה כאן פיצוץ": בקרוב מסגד בלב הרובע היהודי ("There will be another explosion here": Soon a mosque in the heart of the Jewish Quarter)“ (he) (2011-yil 21-noyabr). „A year ago, the King of Morocco renovated the Disi Mosque (the second of the two mosques in the Jewish Quarter), but the residents and the community manager reached quiet agreements with moderate representatives of the Waqf, according to which prayers will be held there - without muezzin calls.“.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Vikiomborda „Sidna Omar Mosque“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor.