Kontent qismiga oʻtish

Sidi Belhasan masjidi

Masjid
Sidi Belhasan masjidi
مسجد سيدي بلحسن
Mamlakat Jazoir
ShaharTlemsen
Koordinatalar34°52′59″N 1°18′41″W / 34.882921°N 1.3112971°W / 34.882921; -1.3112971
Meʼmoriy uslubMuriylar meʼmorchiligi
AsoschiAbu Ibrohim ibn Yahyo
Asosiy sana:
1296-yil
Minoralar soni1 ta
Minoralar soni1 ta
Holatisobiq
Tarovih
Saharlik va iftorlik

Sidi Belhasan masjidi (arabcha: مسجد سيدي بلحسن; fransuzcha: Sidi Bel Hasan masjidi), shuningdek Sidi Bel Hasan masjidi[1][2][3] yoki Sidi Abu al-Hasan masjidi[4][5] nomlari bilan ham tanilgan, Jazoirning Tlemsen shahridagi sobiq masjid. Sobiq masjid maydonning janubi-gʻarbida, Tlemsen Buyuk masjidi yonida joylashgan.

Bino qayta moslashtirilib, Tlemsendagi Islom xattotligi milliy ommaviy muzeyi, yaʼni islom sanʼati muzeyiga aylantirilgan.

Masjid surati tax.1860-yillar

Masjid 1296-yilda Zayyoniylar hukmdori Abu Ibrohim ibn Yahyo tomonidan asos solingan[oydinlashtirilsin], bu haqda namozxonaning gʻarbiy devordagi taxta yozuvida hamda mehrob tepasidagi ganchdan ishlangan ikki bezakda bitilgan. Masjid nomi mahalliy qozi va ulamo Abu al-Hasan nomidan kelib chiqqan deb hisoblaniladi. U Abu Said Usmon I hukmronligi davrida xizmat qilgan (h.1283–1303).

Bugun Islom xattotchiligi milliy ommaviy muzeyi (fransuzcha: Musée public national de la calligraphie islamique) sobiq masjidning namozxonasini, unga tutash xonani, sobiq hovlini va ikkinchi qavatdagi bir xonani egallaydi. Muzeyda Almoraviylar hamda zayyoniylar sanʼati ashyolari, Siga, Honayn va Agadir masjidi qazilmalarida topilgan yodgorliklar, shuningdek almohad va rim tangalari saqlanadi[6].

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sobiq masjid xuddi shu davrdagi boshqa masjidlarga qaraganda ancha kamtarona koʻrinishga ega. Sobiq masjidda sahn yoʻq va pol hamda qibla devori uchun oʻxshash koshinlardan foydalanilgan. Shift kedr daraxti yogʻochlaridan oʻzaro qovushtirib yasalgan boʻlib, Jazoirda bu turdagi birinchi namuna sanaladi va Andalusiyadagi mavr meʼmorchiligida qoʻllangan uslubdan uch-toʻrt asr avvalroq paydo boʻlgan.

  1. Lafer, Ali „Djama'a Sidi Bel-Hasan (mosque)“. Discover Islamic Art, Museum With No Frontiers. 2023-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-mart.
  2. Bloom, Jonathan M.. Architecture of the Islamic West: North Africa and the Iberian Peninsula, 700-1800. Yale University Press, 2020 183–184-bet. ISBN 9780300218701. Qaraldi: 2021-yil 4-may. 
  3. Marçais, Georges. L'architecture musulmane d'Occident. Paris: Arts et métiers graphiques, 1954 272-bet. 
  4. „Qantara - Mosque of Sidi Bel Hasan (Sayyidī Abū al-Hasan)“. www.qantara-med.org. Qaraldi: 2021-yil 30-mart.
  5. „Jami' Sidi Abi Hasan“. ArchNet (2026-yil 29-aprel). 2021-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-mart.
  6. „NATIONAL MUSEUM OF ISLAMIC CALLIGRAPHY“. Petit Fute (2025). Qaraldi: 2025-yil 20-sentyabr.
  • ; Terrasse, H. „Sanctuaires et Forteresses almohades“, Hespéris, V, Paris, 1932. 
  • L’art religieux musulman en Algérie. Alger: S.N.E.D., 1981 108-129-bet. 
  • Apports de l'Algérie à l'architecture arabo-islamique. Alger: S.N.E.D., 1986. 
  • Les villes d'art célèbres. Tlemcen, Paris: H. Laurens, 1950. 
  • Les monuments arabes de Tlemcen. Paris: Fontemoing, 1905. 

VikiombordaSidi Bel Hasan Mosque“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor.