Siderik davr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Siderik aylana davri (lot. sidus — yulduz; qaratqich kelishik - sideris) — Yulduzlarga nisbatan qaysidir samoviy yoʻldosh jism asosiy jismning atrofida toʻliq aylana bajargan vaqt oraligʻi. Siderik aylana davri tushunchasi Yer atrofida aylanuvchi jismlarga nisbatan qoʻllaniladi — aniqrogʻi Oyga(siderik oy) va sunʻiy yoʻldoshlarga, xattoki Quyosh atrofidagi aylanuvchi sayyora, kometa va b. ga ham qoʻllaniladi.