Kremniy karbid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(SiCdan yoʻnaltirildi)

Kremniy karbid, karborund, SiC — kremniyning uglerod bilan birikmasi. Toza Kremniy karbid — rangsiz kristall, tarkibida qoʻshimchalari boʻlgan texnik Kremniy karbid — kulrang, yashil yoki koʻkimtir-qora modda. Kremniy karbidning geksogoval romboedrik tuzilishga ega boʻlgan a- va kubsimon r-modifikatsiyalari maʼlum. r—SiC beqaror boʻlib, 2100° da a-SiC ga aylanadi; 1200° dan yuqori temperaturada 3 GPa bosim ostida a —> r oʻtish holati kuzatiladi. Zichligi 3200 kg/m3. Suyuqlanish temperaturasi 2830° (ajralish bilan), suyuqlanganda grafit va uglerodning kremniydagi eritmasi hosil boʻladi. Kremniy karbid — yarim oʻtkazgich, qattiqligi olmosga yaqin, mineral kislotalar (HF, HNO3 va N3RO4 dan tashqari) va ishqor eritmalari taʼsiriga chidamli, karbonatlar, sulfatlar, ishqoriy metallar gidroksidlari eritmalari taʼsirida parchalanadi. Kremniy karbid 1600—2800° da SiO2 ga koʻmir taʼsir ettirib (Acheson usulida NaCl3 qoʻshimcha sifatida qoʻllaniladi), 1150° dan yuqori temperaturada elementlardan, kremniyning gazsimon birikmalari (mas, CH,SiCl3)HH piroliz qilib olinadi. Qattiq abraziv materiallar (turli xil charxlar va boshqalar), olovbardosh va kislotaga chidamli buyumlar, sozlovchi yarimoʻtkazgich diodlar va fotodiodlar ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil