Shvetsiyada jinoyatchilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shvetsiyada 100 ming aholi nisbatiga hisoblanganda jinoyatlar soni, 1975-2018[1]. (diogramma)

Shvetsiyada jinoyat Shvetsiya Jinoyat kodeksi (shvetcha: Brottsbalken), Shvetsiya normativ hujjatlari va boshqa qonunlari bilan belgilanadi[2][3]. Shvetsiya jinoyatlarning oldini olish milliy kengashining maʼlumotlariga koʻra, Shvetsiyada qayd etilgan jinoyatlar soni 1950-yillardan boshlab oʻlchanib keladi. Ushbu jarayon urushdan keyingi davr boʻyicha boshqa Gʻarb mamlakatlari bilan mos ravishda olib boriladi.

Ular buni bir qator omillar bilan izohlash mumkin, masalan, statistik maʼlumotlar, qonunchilikdagi oʻzgarishlar va jinoyatlar haqida xabar berishda jamoatchilikning tayyorligini oshirish kabilar shular jumlasidandir[4].

Sud jarayonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Örebrodagi tuman sudi. Shvetsiyada jinoiy ishlarni tuman sudlari koʻrib chiqadi.

Jinoyat sodir etilganda, rasmiylar sodir boʻlgan voqeani sinchiklab tekshiradilar. Ushbu jarayon dastlabki tergov, deya nomlanadi va uni politsiya xodimi yoki prokuror boshqaradi[5]. Shvetsiya politsiyasi va prokuraturasi oʻzlariga maʼlum boʻlgan barcha jinoyatlarni roʻyxatga olishlari va jinoiy javobgarlikka tortishlari shart[6][7][8]. Prokurorlar sud yoki politsiyaga qaram boʻlmagan va Adliya vazirligi tomonidan boshqarilmaydigan toʻliq mustaqil tashkilot — Shvetsiya Prokuraturasiga bilan birga xizmat olib boruvchi yuridik shaxslardir (vazirlikning har qanday aralashuvi konstitutsiyaga ziddir)[9].

Prokuror jinoyat boʻyicha dastlabki tergovni xolisona olib borishi va unga rahbarlik qilishi, jinoiy javobgarlikka tortish masalalari boʻyicha qarorlar qabul qilishi, jinoyat ishlari boʻyicha harakatlarni koʻrib chiqish uchun sudga kelishi shartdir. Gumon qilinuvchi shaxslar dastlabki tergov bosqichida ham, sud muhokamasi davomida ham jamoat himoyachisidan foydalanish huquqiga ega. Gumon qilinuvchi prokuror tomonidan toʻplangan materiallarni koʻzdan kechirish huquqiga ega va agar u zarur deb hisoblasa, politsiyadan qoʻshimcha tergov oʻtkazishni soʻrash huquqiga egadir. Ushbu choralarni amalga oshirish mumkinmi yoki yoʻqmi, buni amaldagi tergov boshligʻi hal qiladi[10].

Oʻta ogʻir boʻlmagan jinoyatlar boʻyicha, agar gumon qilinuvchi jinoyat sodir etganligini tan olsa va unga qanday jazo tayinlanishi aniq boʻlsa, prokuror yengillashtirilgan jazo tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqni eʼlon qilishi mumkin[5][11]. Tugallanmagan dastlabki tergov prokurorning shaxsni jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida qaror qabul qilishiga olib kelishi mumkin. Bu tuman sudida sud jarayoni boʻlishini anglatadi[5]. Sudlangan shaxs, prokuror va jinoyatda jabrlanuvchi tuman sudining hukmi ustidan apellyatsiya sudiga shikoyat qilish huqiqga egadirlar[12].

Jinoiy sud tizimiga ishonch[tahrir | manbasini tahrirlash]

SCS 2013 soʻrovida qatnashgan oʻn nafar respondentdan olti nafari, umuman olganda, jinoiy adliya tizimiga yuqori darajada ishonchlari borligini taʼkidlashgan. Politsiya ham, xuddi shunday, yuqori darajadagi ishonchga egadir. Jinoyat qurbonlarining yarmidan koʻprogʻi (57 %) soʻrovda qatnashganlarning politsiyadagi tajribasi, umuman olganda, ijobiy ekanligini hamda deyarli, har yettitadan biri salbiy tajriba ekanligini bildirib oʻtishgan[13].

Korrupsiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Global indekslar natijalariga koʻra, Shvetsiyada korrupsiya darajasi juda past[14]. Shvetsiyadagi huquqiy va institutsional baza korrupsiyaga qarshi kurashda samarali hisoblanadi. Davlat organlari esa yuqori darajadagi shaffoflik, halollik va javobgarlik bilan ajralib turadi[15].

Jinoyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shvetsiyada 1976-yildan 2016-yilgacha boʻlgan oʻgʻirlik, jinsiy zoʻravonliklar, tovlamachilik va qotillik boʻyicha qayd etilgan jinoyatlar boʻyicha har 100 000 aholi nisbatiga solishtirish grafigi[16].

Shvetsiya 1950-yilda milliy jinoyatlar statistikasini qayd qilishni boshlaydi. Jinoyatlarni qayd etish usuli 1960-yillarning oʻrtalariga (Shvetsiya politsiyasi jinoyatlar statistikasi uchun yangi tartib-qoidalarni joriy etgunga) qadar, asosan, oʻzgarishsiz qolib kelgan. Bu esa jinoyatning tarixiy oʻsishiga qisman tushuntirish sifatida taqdim etiladi[4]. 1974-yilda Shvetsiya Jinoyatchilikning oldini olish milliy kengashi (shvetcha: Brottsförebyggande ràdet) rasmiy statistik maʼlumotlarni ishlab chiqish va jinoyatchilik boʻyicha bilimlarni ulashish vazifasi yuklangan davlat organiga aylanadi[17]. 1990-yillarning boshida jinoyatlar toʻgʻrisida xabar berishning yangicha tizimi joriy etiladi. Bu esa nazorat qilishning tezkor boʻlishini anglatardi. Ushbu qaror natijasi xabar qilingan jinoyatlar sonining qoʻshimcha oʻsishiga olib kelgan[18].

2017-yil yanvar oyida Löfven kabineti parlament aʼzosi Staffan Danielssonning jinoyatchining milliy yoki immigratsion kelib chiqishi boʻyicha BRÅ statistik maʼlumotlarini yangilash toʻgʻrisidagi iltimosini rad etadi[19].

Shvetsiya Jinoyatchilikning oldini olish milliy kengashi tomonidan 2013-yilda oʻtkazilgan Shvetsiyada Jinoyatchilik Soʻroviga (ShJS) koʻra, jinoyatga taʼsir qilish darajasi 2005-yildan 2013-yilgacha pasaygan[20]. 2014-yildan beri Shvetsiya jinoyatchilikning oldini olish milliy kengashi hisobotlari, 2016-yilgi SCS maʼlumotlariga koʻra, ayrim toifadagi jinoyatlar, jumladan, firibgarlik, baʼzi mulkiy jinoyatlar va jinsiy huquqbuzarliklarga duchor boʻlish koʻpayganligini qayd etiladi[21]. Doʻq-poʻpisa, taʼqib, tajovuz va talonchilik ostida boʻlgan jinoyatlar 2018-yil davomida oʻsishda davom etadi[22]. Jinsiy huquqbuzarliklar haqidagi xabarlarning koʻpayishi, qisman, ragʻbatlantirish kampaniyalari bilan bogʻliqdir. Shu boisdan, jinsiy zoʻravonlik jinoyatining huquqiy taʼrifini kengaytirgan qonunlarga kiritilgan oʻzgartirishlar bilan birgalikda hisobot berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi[23].

Firibgarlik va mulkka yetkazilgan zarar (avtomobil oʻgʻirlashdan tashqari) koʻrsatkichlari 2014-2016-yillar davomida deyarli oʻzgarmas boʻlgan. Bu kabi jinoiy toifalar boʻyicha qayd etilgan jinoyatlar soni bir biridan farq qiladi[24]. Xabar qilingan jinsiy huquqbuzarliklar soni 2016-yilgi ShJS dagi raqamlarni aniq aks ettiradi va avtomobil bilan bogʻliq zararlar/oʻgʻirliklar ham oʻrganilib chiqiladi.[25][26] 2013-yilgacha sudlanganlar soni, aholi sonining oʻsishiga qaramay, 300 000 atrofida (2000-yillarda 110 000 dan 130 000 gacha boʻlgan) ham 1970-yildan beri pasayishda boʻlgan[27].

Xalqaro taqqoslash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rasmiy jinoyat statistik maʼlumotlariga (yaʼni, „jinoyat toʻgʻrisida hisobot“) asoslangan mamlakatlar oʻrtasidagi taqqoslash ehtiyotkor boʻlishni talab etadi. Chunki bunday statistika turli mamlakatlarda turlicha ishlab chiqailadi. Qayd etilgan jinoyatlar soniga huquqiy va moddiy omillar ham taʼsir koʻrsatadi[6][7][28][29]. Masalan:

  • Shvetsiya zoʻravonlik jinoyatlari uchun keng qamrovli jinoyatlarni hisoblash tizimini qoʻllaydi. Yaʼni bir xil jinoyat bir necha marta qayd etilishi mumkin, masalan, turmush oʻrtogʻi tomonidan tajovvuzga uchrash yoki guruh boʻlib zoʻrlash holatlarida. Koʻpgina boshqa mamlakatlar hisoblashning cheklovchi usullaridan foydalanadilar[6][7].
  • Shvetsiyada jinoyat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrib chiqilayotgan huquqbuzarlik haqida birinchi xabar berilganda yigʻiladi[6][7]. Eʼlon qilingan jinoyatlar statistikasida ushbu tasnif, hattoki, keyingi tekshiruvlar hech qanday jinoyat sodir eilmaganligini koʻrsatganda ham, saqlab qolinadi[6].
  • Shvetsiya politsiyasi va prokuraturasi oʻzlariga maʼlum boʻlgan barcha jinoyatlarni roʻyxatga olishlari va jinoiy javobgarlikka tortishlari shart. Bu huquqbuzarliklarni tasniflash protsessual kelishuv asosida kelishib olinadigan tizimlarga qaraganda jinoyatlarning tezkor ravishda roʻyxatga olinishiga olib keladi[6][7].
  • Jinoyat haqida xabar berishga tayyorlik ham statistikaga taʼsir qiladi[28] Yuqori darajadagi ishonch va jamoatchilik oldida yaxshi obroʻga ega boʻlgan politsiya kuchlari va sud tizimi obroʻsizlangan, qoʻrquv yoki ishonchsizlik uygʻotadigan politsiya kuchlariga qaraganda jinoyat haqida xabar berishga koʻproq moyil boʻladi[6].

Katta miqyosdagi jabrlanuvchilar oʻrtasidagi soʻrovlar maʼlum bir mamlakatda jinoyatchilik darajasining ishonchli koʻrsatkichi sifatida taqdim etilgan[6].

Jinoyat tendentsiyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilga kelib, uzoq vaqtdan beri zaif hududlarning oʻziga xos xususiyati boʻlgan toʻda zoʻravonliklari kengroq jamiyatga tarqala boshlaydi. Ushbu hududlarda kasalxona xodimlari tez yordam xonalarida qurolli toʻqnashuvlar haqida, maktab maʼmurlari esa qurolli tahdidlar tez-tez uchrashi haqida xabar berishardi[30].

2020-yildagi jinoyat statistikasi shuni koʻrsatdiki, oʻtgan olti yil ichida otishma va portlashlar bilan bogʻliq toʻda zoʻravonlik hodisalarida 12 kishi halok boʻlgan va 19 kishi yaralangan[31].

Evropa Ittifoqining daromadlar va yashash sharoitlari statistikasi (EU-SILC)[tahrir | manbasini tahrirlash]

EU-SILC soʻroviga koʻra, Shvetsiya Evropadagi eng yuqori darajada aholi yashaydigan hududda jinoyat, zoʻravonlik yoki vandalizm bilan bogʻliq muammolarga duch kelgan mamlakatlardan biri deya topiladi. Soʻrovda respondentlar oʻzlari yashaydigan hududda muammoga duch keladimi yoki yoʻqmi degan savol oʻrtaga tashlangan. 2017-yilda 13 % aholi oʻzlari yashayotgan joyda zoʻravonlik, jinoyatchilik yoki vandalizm bilan bogʻliq muammolarga duch kelganliklarini taʼkidlashgan. Boshqa shimoliy mamlakatlar — Norvegiya 4 %, Daniya 8 % va Finlandiya 6 % bilan eng past ulushga ega boʻlgan davlatlar qatoriga kirishadi[33].

Boshqa Yevropa mamlakatlaridagi tendensiya teskari ravishda Shvetsiyada 2010-2017-yillar oraligʻida 2 foizga oʻsish kuzatilgan boʻlsa, Yevropa Ittifoqida oʻrtacha koʻrsatkich 3 foizga pasaygan. Shvetsiya, Germaniya va Litvadan tashqari Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlarida pasayish tendensiyasi kuzatilgan[33].

Yechimi muommali boʻlgan jinoyatlar hududning aholi zichligi bilan farqlanadi. Yevropa Ittifoqida yirik shaharlar qishloqqa qaraganda uch baravar koʻpdir. Shvetsiya maʼlumotlari aholi kam yashaydigan joylarda ham jinoyat koʻrsatkichlarini yuqori baholagan[33].

Shvetsiyada jinoyatchilik tadqiqotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shvetsiya Jinoyat Soʻrovi (ShJS) (shvetcha: Nationella trygghetsundersökningen) — bu Brå tashkiloti tomonidan 2005-yildan buyon jabrlanuvchilar oʻrtasida jinoyatdan qoʻrqish va aholining adliya tizimiga boʻlgan ishonchiga boʻlgan munosabatini yillik miqdori bilan oʻtkazadigan takroriy soʻrov boʻlib,15 000 ga yaqin respondentlarni oʻz ichiga qamrab oladi[34].

Shaxsga qarshi jinoyatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

ShJS 2013 maʼlumotlariga koʻra, shaxsga qarshi jinoyatlarga duchor boʻlish darajasi 2005-yildan beri biroz kamaygan (13,1 % dan 11,4 % ga). Ushbu toifadagi jinoyatlarga hujum, tahdid, jinsiy huquqbuzarlik, talonchilik, firibgarlik yoki tazyiq kiradi. ShJS 2016da huquqbuzarliklarga duchor boʻlish darajasi 2005-yilgacha boʻlgan darajaga koʻtarildi, soʻrovda qatnashganlarning 13,3 foizi yuqorida aytib oʻtilgan jinoyatlarning bir yoki bir nechta qurboni boʻlganliklarini bildirishgan[21].

Soʻrovda qatnashganlarning har toʻrtdan biri (26 %) 2015-yilda ushbu jinoyatlarni boshdan kechirgani haqida xabar bergan[21].

Hujum jinoyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xabar qilingan hujumlar soni ortib borayotgan boʻlsa-da, jinoyat qurbonlari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovlar shuni koʻrsatadiki, oʻsishning katta qismi haqiqatda koʻproq jinoyatlar qayd etilganligi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin[35]. 2013-yilgi ShJS maʼlumotlariga koʻra, tajovuz qurboni boʻlganligini bildirganlarning nisbati asta-sekin kamaya boshlagan (2005-yildagi 2,7 foizdan 2012-yilda 1,9 foizgacha). Hujum qurboni boʻlishdan xavotirda boʻlganlar soni ham shu asnoda kamaygan deya bahonaladi (2006-yildagi 15 foizdan 2013-yilda 10 foizgacha)[13]. Bu koʻrsatkichlar tibbiy xizmatlar hujum yoki ogʻir zoʻravonlik jinoyati natijasida yaralangan bemorlarning oʻzgarmagan darajasi haqida xabar berish bilan qoʻllab-quvvatlanadi[35][36][37]. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, politsiya notanishlar oʻrtasida hujum qilish haqidagi xabarlarni shaxsan oʻzi boshlashi ehtimoli koʻproq. Bu esa hujum bilan bogʻliq boʻlgan holatlarning koʻpayishiga yordam beradi[38].

2016-yilgi ShJSda aholining 2,0 foizi (16-79 yosh) hujumga duchor boʻlganligi aniqlangan. Vaqt oʻtishi bilan hujumga duchor boʻlish biroz kamaydi va qurbonlar ulushi, soʻrov birinchi marta 2005-yilda oʻtkazilgandan beri, 0,7 foiztga kamayadi. 2012-yilda eng past nuqtaga yetadi va oʻshandan beri bir oz koʻtarilganligi belgilangan. Birlamchi pasayish yoshlar orasida kuzatilgan.

Hujumga duchor boʻlish ayollarga qaraganda erkaklarda koʻproq uchraydi va 20-24 yosh oraligʻida koʻproq uchraydi. Hujum koʻpincha jamoat joyida sodir boʻladi va aksariyat hollarda jinoyatchi jabrlanuvchiga nomaʼlum shaxs boʻladi[21].

Shvetsiyada xalqaro miqyosda solishtirganda hujum jinoyatlarining yuqori darajasi qayd etilgan[39]. Ammo buni huquqiy, protsessual va statistik farqlar bilan izohlash mumkin. Misol uchun, Shvetsiya politsiyasi zoʻravonlik jinoyatlari uchun keng qamrovli huquqbuzarliklarni hisoblash tizimini qoʻllaydi (yaʼni, bir xil jinoyat bir necha marta qayd etilishi mumkin)[7]. 2005-yilgi Yevropa jinoyat va xavfsizlik tadqiqoti (2005-yil EU ICS) Shvetsiyada zoʻravonlik bilan hujumlar uchun qurbon boʻlish darajasi oʻrtacha darajadan past ekanligini aniqlaydi[40].

2012-2019-yillarda jamiyatning qattiqlashuvi tufayli pichoq bilan zoʻravonlikning kuchayishi tendensiyasi kuzatila boshlaydi.

Tahdidlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilda aholining 5,0 foiz qismi tahdidlarga duchor boʻlgan. 2005-2014-yillar orasida tahdidlarga duchor boʻlgan shaxslar ulushi nisbatan barqaror darajada saqlanib qolgan[21].

Tahdidlarga duchor boʻlish erkaklarnikiga qaraganda ayollar orasida koʻproq uchraydi (20-24 va 25-34 yosh)

Qotillik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shvetsiyada 2002-yildan 2016-yilgacha boʻlgan davrda oʻlimga olib keladigan zoʻravonlik holatlari nisbatan barqaror darajada saqlanib qoladi (yiliga oʻrtacha 92ta holat)[41].

2015-yildan beri oʻlimga olib keladigan zoʻravonlik holatlari sonining oʻsishi kuzatiladi va 2017-yilda bu koʻrsatkich Shvetsiyada 2002-yildan beri eng yuqori koʻrsatkichga koʻtariladi[42][43].

Shvetsiyada oʻlimga olib keladigan zoʻravonliklarni oʻrganish shuni koʻrsatdiki, xabar qilingan holatlarning yarmidan koʻpi aslida qotillik emas. Buning sababi, Shvetsiya jinoyat statistikasi politsiya tekshiradigan oʻlimga olib keladigan barcha voqealarni koʻrsatishidir. Ushbu xabar qilingan jinoyatlarning aksariyati haqiqatda oʻz joniga qasd qilish, baxtsiz hodisalar yoki tabiiy oʻlim boʻlib chiqishi aniqlangan[36][44]. Ushbu statistik anomaliyaga sharofati bilan, Shvetsiya xalqaro miqyosda qotillik darajasi past (2015-yil holatiga koʻra har 100 000 aholiga taxminan 1,14 foiz) mamlakat sifatida eʼlon qilinadi. „Oʻlimga olib keladigan zoʻravonlik holatlari“ 2006–2015-yillarda 68ta holatdan 112 tagacha oʻzgarib, 2007-yildagi 111 tadan 2012-yilda 68 taga, 2015-yilda esa 112 taga koʻpaygan va 2016-yilda 106 taga kamayganligi qayd etiladi[45][46][47]. Oʻldirilganlarning qariyb 75 foizi erkaklardir[48]. Aksariyat holatlar (2015-yilda 71 %) Stokgolm, Väst va Skånening kabi yirik shaharlarda qayd etilgan. 2015-yilda eng katta oʻsish Väst mintaqasida kuzatilad. Bu yerda koʻrsatgichlar soni 2014-yildagi 14 ta holatdan 2015-yilda 34 taga koʻpayadi

2016-yilda 105 ta qotillik ishidan oʻntasi nomusga tajovvuz holatlari boʻlib, Shvetsiyadagi barcha qotillik holatlarining qariyb 10 foizini va ayollar oʻldirilishining uchdan bir qismini tashkil etadi[49].

2017-yil may oyida Dagens Nyheter tomonidan oʻtkazilgan soʻrov shuni koʻrsatdiki, oʻqotar quroldan foydalangan holda qotillikka urinishda gumon qilingan 100 nafar gumonlanuvchidan 90 nafarining ota-onasi chet elda tugʻilgan, 75 foizi 90-yillarda tugʻilganlar shaxslardir[50].

Norvegiyaning Aftenposten kundalik gazetasi tomonidan Norvegiya Milliy Jinoyat Qidiruv Xizmati (Kripos) va Shvetsiya Jinoyatchilikning oldini olish Milliy Kengashi (Brå) tomonidan olib borilgan jinoyatlar statistik maʼlumotlarini taqqoslashga koʻra, Shvetsiyada 2002-yildan beri qotillik darajasi qoʻshni davlat — Norvegiyadan qariyb ikki baravar koʻpdir[51].

Qurol zoʻravonligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shvetsiyada qurolli zoʻravonlik (shvedcha: skjutningar yoki gängskjutningar) 2018-yilgacha boʻlgan yigirma yil ichida 15 yoshdan 29 yoshgacha boʻlgan erkaklar oʻrtasida keskin oʻsgani aniqlangan. Qurolli zoʻravonlikning oʻsish tendentsiyasiga qoʻshimcha ravishda, Shvetsiyada qurolli zoʻravonlik Gʻarbiy Yevropa mamlakatlariga nisbatan ham yuqori boʻlgan[52].

Qoʻl granatasi orqali hujumlar va portlashlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil holatiga koʻra, Shvetsiya misli koʻrilmagan miqdordagi portlashlarni boshdan kechirmoqda. Biroq, oldingi yillar bilan solishtirish ancha mushkul. Chunki 2017-yilgacha portlovchi moddalardan jinoyat uchun foydalanish alohida jinoyat toifasi emas edi[53]. 2018-yilda 162 ta portlash sodir boʻlgan boʻlsa, 2019-yilning toʻqqiz oyida 97 ta portlash qayd etilgan boʻlib, ular odatda jinoiy guruhlar tomonidan amalga oshirilgan

Ayniqsa, 2016-yilda qoʻl granatalarini portlatishlar soni juda yuqori boʻlgan. Kriminologlar Manne Gerell va Amir Rostamining soʻzlariga koʻra, qoʻl granatalari portlashlarini kuzatib boruvchi yagona davlat bu Meksikadir. Meksikada qotillik darajasi Shvetsiyaga qaraganda 20 baravar koʻp boʻlsa-da, aholi jon boshiga granata portlashlarining oʻziga xos toifasi boʻyicha ikki mamlakatni solishtirish mumkin[53][54]. Shvetsiya politsiyasi komissari Anders Tornbergning soʻzlariga koʻra, „Shvetsiyadagi portlashlar toʻlqiniga xalqaro darajada teng keladigan rqaib yoʻq“[55]. Bu hujumlar ham boy, ham kam daromadli joylarda sodir boʻladi. Shvetsiya politsiyasi sudlangan jinoyatchilarning millatini qayd etmaydi yoki oshkor qilmaydi, biroq Milliy operatsiyalar departamenti razvedka boshligʻi Linda H. Straafning aytishicha, ular kambagʻal hududlardan va koʻplari ikkinchi yoki uchinchi avlod muhojirlaridir.

Shvetsiya ommaviy axborot vositalari baʼzida mavzuni yetarlicha yoritmaslikda ayblansa-da, Kantar Sifo soʻrov kompaniyasi tomonidan 2019-yilda oʻtkazilgan tadqiqot qonun va tartib mavzusi Shvetsiya televideniyasi, radiolarida va ijtimoiy tarmoqlarda eng koʻp yoritilgan yangiliklar mavzusi ekanligini aniqladi[53][56].

2019-yilda Shvetsiyadagi portlashlardan xavotirlangan Daniya 1950-yillardan beri birinchi marta passport nazoratini joriy qiladi[57].

2011-2018-yillar oraligʻida qurolli qotilliklar koʻpaygan boʻlsa-da, Malmö universitetida oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, xuddi shu davrda qoʻl granatasi bilan hujumlar soni kuchli oʻsgan va jami 116 ta qoʻl bombasi portlashi qayd etilgan. Qoʻl granatalari bilan qilingan hujumlar soni 2011-yildagi ikkitadan 2016-yilda 39 taga koʻpaydi, bu esa oʻziga xos rekord boʻldi. Qoʻl granatalari bilan qilingan hujumlarning 28 foizi jismoniy shaxslarga, qolgan qismi politsiya boʻlimlari va boshqa binolarga qaratilgan. Ikki kishi halok boʻlgan, oʻnga yaqin kishi yaralangan[58].

2018-yilning yanvar oyida 63 yoshli erkak rafiqasi bilan supermarketga ketayotganida granata portlashi natijasida halok boʻlgan edi. Ular granata topib olishadi va buni oʻyinchoq deb oʻylab, uni qoʻllarigfa olishadi va halok boʻlishadi. 2016-yilda 8 yoshli bola Biskopsgården shahridagi kvartiraga jinoiy toʻdalar hujumi doirasida qoʻl granata tashlanganida halok boʻladi[59].

Shvetsiyadagi kriminologlar nima uchun kuchli oʻsish boʻlganini va nima uchun Shvetsiya yaqin mamlakatlarga qaraganda ancha yuqori koʻrsatkichga ega ekanligini bilishmaydi[60].

Jinsiy zoʻravonliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gender tengligi siyosati va qonunchiligining koʻp yillik anʼanasi, shuningdek, tashkil etilgan ayollar harakati jinsiy jinoyatlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni sezilarli darajada kengaytirib, bir qator qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishiga erishishadi[61][62]. Misol uchun, 1965-yilda Shvetsiya dunyoda birinchilardan boʻlib nikoh boʻla turib, zoʻrlash holatini jinoyat deb hisoblagan[62] va dunyoda faqat jinsiy xizmatlarni sotib olishni (ammo, sotmaslikni) qonuniy qilgan sanoqli davlatlardan biri hisoblanadi[63].

Jinsiy huquqbuzarliklarga duchor boʻlish darajasi, ShJS maʼlumotlariga koʻra, (birinchi soʻrov 2006-yilda oʻtkazilgandan beri) qayd etilgan jinsiy zoʻrabonliklar sonining koʻpayishiga qaramay, nisbatan oʻzgarmagan[64]. Ushbu nomuvofiqlikni asosan jinsiy zoʻravonliklar toʻgʻrisidagi qonunchilikdagi islohotlar, zoʻrlash taʼrifini kengaytirish[65][66][67] hamda hukumatning xabar qilinmagan holatlar sonini kamaytirishga qaratilgan harakatlari bilan izohlash mumkin[66][68][69][70]. ShJS 2013da qatnashuvchilarning 0.8foizi (yoki umumiy aholining taxminan 62 000 kishisi (16-79 yosh)) jinsiy huquqbuzarliklar, jumladan, zoʻrlash qurboni boʻlganliklarini taʼkidlaydilar. Qatnashganlarning 16 foizi esa jinsiy huquqbuzarlikni „zoʻrlash“ deb taʼriflagan — bu 2012-yilda taxminan 36 000 zoʻrlash hodisasi roʻy berganini bildiradi[64].

Shuningdek qarang:[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Zaif hudud
  • Jinoyat qurbonlarini qoplash va qoʻllab-quvvatlash organi
  • Shvetsiyaning jinoyatchilikning oldini olish milliy kengashi
  • Erkaklar ayollarga nisbatan zoʻravonligi boʻyicha Milliy bilim markazi
  • Shvetsiya — urish
  • Stokgolmdagi tarixiy qotilliklar va qatllar

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Statistics database“. statistik.bra.se. Swedish National Council for Crime Prevention. Qaraldi: 2019-yil 20-may.
  2. „The Swedish Penal Code“. Government of Sweden. 19-oktabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyul 2014-yil.
  3. „Law 1994:458“. Lagen.nu.
  4. 4,0 4,1 „Rapport 2008:23 - Brottsutvecklingen i sverige fram till år 2007“ (sv) 38, 41. Brå. — „I Sverige har den registrerade brottsligheten precis som i övriga västvärlden ökat kraftigt under efterkrigstiden. [...] Vid mitten av 1960-talet införde Polisen nya rutiner av statistikföring en vilket har framförts som en delförklaring till den kraftiga ökningen, i synnerhet i början av denna period (Brå 2004). [...] Detta beror sannolikt främst på att toleransen mot vålds- och sexualbrott har minskat i samhället. Att man i samhället tar våld på större allvar demonstreras inte minst genom att synen på olika våldshandlingar skärpts i lagstiftningen (ibid. samt kapitlet Sexualbrott)“. Qaraldi: 15-iyul 2014-yil.
  5. 5,0 5,1 5,2 „Trials in criminal cases“. Supreme Court of Sweden. Qaraldi: 17-iyul 2014-yil.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 6,6 6,7 Von Hofer, Hanns (2000). „Crime Statistics as Constructs: The Case of Swedish Rape Statistics“. European Journal on Criminal Policy and Research. 8-jild, № 1. 77–89-bet. doi:10.1023/A:1008713631586.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 7,5 Våldsbrottsligheten: Ökande, minskande eller konstant? Ett diskussionsunderlag (sv). Malmö University, 2007. ISBN 978-91-7104-207-1. 16-iyul 2014-yilda qaraldi. 
  8. „Duty to prosecute“. The Swedish Prosecution Authority. 26-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyul 2014-yil.
  9. „The Swedish Prosecution Authority“. The Swedish Prosecution Authority. 17-dekabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyul 2014-yil.
  10. „Suspect“. The Swedish Prosecution Authority. 27-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyul 2014-yil.
  11. „Summary punishment“. The Swedish Prosecution Authority. 26-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyul 2014-yil.
  12. „Appealing a criminal case“. Supreme Court of Sweden. Qaraldi: 17-iyul 2014-yil.
  13. 13,0 13,1 „The Swedish Crime Survey 2013“. Brå. Qaraldi: 16-iyul 2014-yil.
  14. „Motståndskraft, oberoende, integritet – kan det svenska samhället stå emot korruption?“. Transparency International Sweden. Transparency International Sweden. 3-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-noyabr 2013-yil.
  15. „Snapshot of the Sweden Country Profile“. Business Anti-Corruption Portal. GAN Integrity Solutions. Qaraldi: 17-noyabr 2013-yil.
  16. „Tabell 1.2. Anmälda brott per 100 000 av medelfolkmängden, åren 1950–2016“. BRÅ (2017).
  17. „About Brå“. The Swedish National Council for Crime Prevention. Qaraldi: 14-may 2014-yil.
  18. „Rapport 2008:23 - Brottsutvecklingen i sverige fram till år 2007“ (sv). Brå. — „Den stora ökningen av antalet anmälda brott sedan början 1990-talet förklaras i huvudsak av det anmälningssystem som polisen då införde“. Qaraldi: 16-iyul 2014-yil.
  19. Nyheter, SVT. „Krav på att Brå tar fram statistik över brott och ursprung“ (sv). svt.se.
  20. „The Swedish Crime Survey 2013 - English summary of Brå report 2014:1“ 5, 7. The Swedish National Council for Crime Prevention. Qaraldi: 15-iyul 2014-yil.
  21. 21,0 21,1 21,2 21,3 21,4 Command, Carl; Hambrook, Emelie; Wallin, Sanna; Westerberg, Sara; Stri, Åsa Irlander; Hvitfeld, Thomas (2017). „Swedish Crime Survey 2016 - English summary of 2016 Brå report 2017:1“ (PDF). The Swedish National Council for Crime Prevention. 2017-jild, № 2. Stockholm: Brottsförebyggande rådet (Brå). ISSN 1100-6676. URN:NBN:SE:BRA-697.
  22. „Swedish Crime Survey“ (en). www.bra.se. Qaraldi: 2020-yil 20-yanvar.
  23. Regeringskansliet. „Facts about migration and crime in Sweden“. Regeringskansliet (23-fevral 2017-yil). Qaraldi: 16-dekabr 2017-yil.
  24. „Here are Sweden's crime stats for 2016“. Qaraldi: 6-mart 2017-yil.
  25. „Rape & Sexual Offences“. bra.se (16-yanvar 2017-yil). 21-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-mart 2017-yil.
  26. „Sexual Offences“. Brottsrummet. 17-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-mart 2017-yil.
  27. „Personer lagförda för brott“ (sv). Brå. Qaraldi: 15-iyul 2014-yil.
  28. 28,0 28,1 „Crime statistics“. Swedish National Council for Crime Prevention. 2017-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyul 2014-yil.
  29. „Kodning av brott - Anvisningar och regler“. Brå. 23-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyul 2014-yil.
  30. Anderson, Ellen Barry and Christina. „Hand Grenades and Gang Violence Rattle Sweden's Middle Class“ (en).
  31. „SVT:s genomgång visar: Allt fler utomstående drabbas av gängkonflikter“.
  32. „Crime, violence or vandalism in the area - EU-SILC survey“. Eurostat. Qaraldi: 28-aprel 2019-yil.
  33. 33,0 33,1 33,2 33,3 „Fler upplever brottslighet och vandalisering i sitt bostadsområde“ (sv). Statistiska Centralbyrån. Qaraldi: 2019-yil 28-aprel.
  34. „The Swedish Crime Survey“. Swedish National Council for Crime Prevention. Qaraldi: 20-may 2014-yil.
  35. 35,0 35,1 „Violence and assault“. Brå. Qaraldi: 16-iyul 2014-yil.
  36. 36,0 36,1 „Rapport 2008:23 - Brottsutvecklingen i sverige fram till år 2007“ (sv). Brå. Qaraldi: 15-iyul 2014-yil.
  37. Estrada, Felipe. Våldsutvecklingen i Sverige - En presentation och analys av sjukvårdsdata (sv). Stockholm: Swedish Institute for Futures Studies, 2005. ISBN 978-91-89655-62-1. 12-avgust 2015-yilda qaraldi. „Nothing in the hospital data indicates an increase in hospital admissions resulting from serious violent incidents [...] Instead the hospital data serve to verify the more stable trends indicated by victim surveys and lethal violence statistics“  (Wayback Machine saytida 2015-09-24 sanasida arxivlangan)
  38. „Rapport 2009:16 - Misshandel mellan obekanta“ (sv). Qaraldi: 16-iyul 2014-yil.
  39. „Archived copy“. 19-dekabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-noyabr 2010-yil.
  40. Van Dijk. „The Burden of Crime in the EU. Research Report: A Comparative Analysis of the European Crime and Safety Survey (EU ICS) 2005“. UNICRI (2005). 2020-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyul 2014-yil.
  41. „Murder and manslaughter“. Brå. Qaraldi: 26-noyabr 2017-yil.
  42. Aftonbladet. „Brå: Allt fler offer för dödligt våld i Sverige“ (sv-SE). Aftonbladet. Qaraldi: 22-iyun 2018-yil.
  43. „Konstaterade fall av dödligt våld - En granskning av anmält dödligt våld 2017“. Brottsförebyggande rådet.
  44. „Murder and manslaughter“. Brå. Qaraldi: 26-noyabr 2017-yil.
  45. „Murder and manslaughter“. Brå. Qaraldi: 26-noyabr 2017-yil.
  46. „Kriminalstatistik 2015“ (sv). Brå. Qaraldi: 27-fevral 2017-yil.
  47. „Kriminalstatistik 2016 Konstaterade fall av dödligt våld“. Qaraldi: 26-noyabr 2017-yil.
  48. „Mord och dråp - Brå“. www.bra.se. 5-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-yanvar 2015-yil.
  49. „Var tionde mord förra året var hedersmord“ (sv). Göteborgs-Posten. Qaraldi: 8-avgust 2017-yil.
  50. „Vanligt med utländsk bakgrund bland unga män som skjuter - DN.SE“ (sv-se). DN.SE (20-may 2017-yil). Qaraldi: 20-iyul 2017-yil.
  51. „Svensk politi skulle ta tilbake kontrollen over lovløse områder. To år senere er situasjonen blitt enda verre.“. Aftenposten. Qaraldi: 12-avgust 2017-yil.
  52. Sturup, Joakim; Rostami, Amir; Mondani, Hernan; Gerell, Manne; Sarnecki, Jerzy; Edling, Christofer (2018-05-07). „Increased Gun Violence Among Young Males in Sweden: a Descriptive National Survey and International Comparison“. European Journal on Criminal Policy and Research (inglizcha). 25-jild, № 4. 365–378-bet. doi:10.1007/s10610-018-9387-0. ISSN 0928-1371.
  53. 53,0 53,1 53,2 Maddy Savage. „Sweden's 100 explosions this year: What's going on?“. BBC (12-noyabr 2019-yil).
  54. „Förtydligande om internationell jämförelse av handgranatsdetonationer“ (sv). Kriminologiska funderingar blog (2017-yil 11-sentyabr). 2019-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
  55. Johannes Ledel. „Swedish police chief: No international equivalent to Sweden's wave of bombings“. The Local (8-noyabr 2019-yil).
  56. Jon Henley. „Sweden bomb attacks reach unprecedented level as gangs feud“. The Guardian (4-noyabr 2019-yil).
  57. Martin Selsoe Sorensen. „Denmark, Worried About Bombings by Swedish Gangs, Begins Border Checks“. The New York Times (13-noyabr 2019-yil).
  58. Salihu, Diamant. „116 granatattacker på åtta år – Sverige sticker ut“ (sv). SVT Nyheter (2018-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 11-dekabr.
  59. Salihu, Diamant. „116 granatattacker på åtta år – Sverige sticker ut“ (sv). SVT Nyheter (2018-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 11-dekabr.
  60. Salihu, Diamant. „116 granatattacker på åtta år – Sverige sticker ut“ (sv). SVT Nyheter (2018-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 11-dekabr.
  61. Nordlander. „Fler brott bedöms som våldtäkt“ (sv). Dagens Nyheter (10-iyun 2010-yil). Qaraldi: 14-may 2014-yil.
  62. 62,0 62,1 Kelly, Liz. Different systems, similar outcomes? Tracking attrition in reported rape cases in eleven European countries (Country briefing: Scotland). London: Child and Woman Abuse Studies Unit (CWASU), London Metropolitan University, May 2009.  (Wayback Machine saytida 2021-09-17 sanasida arxivlangan) ISBN 9780954480394 Pdf. Final report, pdf. Funded by the European Commission Daphne II Programme.
  63. „Lagrådsremiss - En ny sexualbrottslagstiftning“ (sv). Government of Sweden (2004). 9-noyabr 2004-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyul 2014-yil.
  64. 64,0 64,1 Nationella trygghetsundersökningen 2013 - Om utsatthet, otrygghet och förtroende (Rapport 2014:1) (sv). Swedish National Council for Crime Prevention, 2014 — 35–36, 47–48 bet. ISBN 978-91-87335-20-4. 20-may 2014-yilda qaraldi. 
  65. Petter Asp, Professor of Criminal Law. „Sju perspektiv på våldtäkt“ 24, 59. Nationellt centrum för kvinnofrid/Uppsala University (2010-yil may). Qaraldi: 20-may 2014-yil.
  66. 66,0 66,1 Ruth. „Sweden's rape rate under the spotlight“. BBC News (14-sentabr 2012-yil). Qaraldi: 29-aprel 2014-yil.
  67. „How common is rape in Sweden compared to other European countries?“. The Swedish National Council for Crime Prevention (18-yanvar 2011-yil). Qaraldi: 14-may 2014-yil.
  68. „Nya metoder ska ge fler våldtäktsåtal“ (sv). Dagens Nyheter (25-noyabr 2008-yil). Qaraldi: 20-may 2014-yil.
  69. „Kunskapsbank - Nationellt Centrum för Kvinnofrid“ (sv). Uppsala University. — „Insatserna från Rikspolisstyrelsen består bland annat av utbildning, informationsspridning och andra åtgärder för att förstärka Polisens förmåga upptäcka och utreda dessa brott. En annan målsättning är att allmänhetens förtroende för Polisen ska stärkas, så att fler brott anmäls.“. 17-may 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-may 2014-yil.
  70. Jo Lovett. Different systems, similar outcomes?. London Metropolitan University, 2009 — 9, 95, 105 bet. ISBN 978-0-9544803-9-4. „In Sweden, reforms in 2005, which re-defined the sexual exploitation of a person in a helpless state as rape, also coincided with a marked increase in reports. [...] An expert centre for the care of battered and raped women was established, with government funding, at Uppsala University Hospital in 1995. The legal definition of rape in Sweden has been successively broadened over the last two or more decades. [...] Sweden [has] trained male and female officers in most areas“ 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]