Kontent qismiga oʻtish

Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasi — mamlakatning tabiiy fanlar boʻyicha oliy ilmiy muassasasi. 1739-yil Stokgolm shahrida tashkil etilgan. "Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasi dokladlari", yilnoma hamda matematika, astronomiya, fizika, kimyo, geografiya, mineralogiya va geologiya, botanika, zoologiya. boʻyicha axborotlarni nashr etadi. Kutubxonasi (XVII asr boshlarida tashkil etilgan)da 2 mln.dan ortiq asar saqlanadi. 1901-yildan fizika, kimyo, 1962-yildan iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofotlarini berish boʻyicha qaror chiqaradi.