Shumpeter Yozef

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Joseph Schumpeter

Yozef Shumpeter (1883.8.2, Moraviya 1950.8.1, AQSH, Konnektikut shtati, Takonik shahri) — iqtisodchi va sotsiolog. Vena untida taʼlim olgan. Avstriya Respublikasining moliya vaziri (1919— 20). Bonn universiteti (1925—32), 1932-yildan Garvard (AQSH) universiteti professor Tadbirkorlik masalasi markaziy oʻrin egallagan iqtisodiy dinamika konsepsiyasi muallifi. Sh. "samarali raqobat" nazariyasini asoslab bergan. Bu nazariyaga koʻra, "katta biznes" davrida bozor mexanizmi monopoliyalar va raqobat kuchlarining oʻzaro samarali natijasi tarzida baholandi. Dinamik iqtisodiy sikl konsepsiyasida sikllikni iqtisodiy oʻsishning qonuniyati deb qaraydi. Bu konsepsiyaga koʻra, iqtisodiy oʻsish va farovonlikning harakatlantiruvchi kuchi — asosiy kapitalga ommaviy investitsiyalar kiritish hisoblanadi.