Shum bola

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shum bola (qissa)dan yoʻnaltirildi)
Shum bola
Muallif(lar) Gʻafur Gʻulom
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i qissa
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1936

„Shum bola“oʻzbek yozuvchisi va shoiri Gʻafur Gʻulom qalamiga mansub qissa. Muallif asarni 1936-yil yozgan. Qissa bir necha marta nashr qilingan. Qissada ijodkorning bolaligi, 20-asr boshidagi Toshkent hayoti tasvirlangan.

Qissa oʻtkir hajviy asar boʻlib, haqiqiy voqealar va shaxslar taqdiriga asoslangan. Asar markazida yozuvchining hayotidan olingan koʻp faktlar turgan boʻlsa-da, u avtobiografik emas. Unda haqiqiy tarixiy faktlarga nisbatan badiiy toʻqima, fantaziya kuchli.

Qissani F. Shayhutdinova[1] (1968) hamda A. Naumov[2] (1970) rus tiliga, V. Grimich[3] (1991) ukrain tiliga tarjima qilingan.

1977-yil asar asosida „Shum bola“ filmi suratga olingan. Film ham oʻzbek, ham xorijiy film tanqidchilari tahsiniga sazovor boʻlgan.

2023-yil asar BBC nashri tomonidan barcha davrlarning eng yaxshi top-100 bolalar kitoblari reytingiga kiritilgan[4]. Shu yili Gʻafur Gʻulom tavalludining 120-yilligi munosabati bilan adib nomidagi nashriyot tomonidan qissaning yangi oʻzbekcha nashri chop etilgan[5].

Syujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qissada shum bola Qoravoy haqida hikoya qiladi. Qoravoy uyidan ketib qolib, oʻzining topqirligi, zukkoligi, shoʻx-shaddodligi tufayli turli sarguzashtlarni boshidan kechiradi. Shum bola bir guruh oʻgʻriga, har bir gapga „innaykeyin?“ deb javob qaytaruvchi boyga, giyohvand mullalarga duch keladi.

Qahramonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Qoravoy – shum bola
  • Omon – Qoravoyning doʻsti
  • Qodir aka – samovarchi
  • Sulton – oʻgʻri
  • Sharifjon – mulla
  • Sariboy – boy
  • Rahmatullo – sarkor
  • Hoji bobo – mulla

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Shum bola“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 24-sentyabr.
  2. „Shum bola“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 24-sentyabr.
  3. „Shum bola“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 24-sentyabr.
  4. „«Shum bola» barcha davrlarning eng yaxshi bolalar kitoblari ro‘yxatiga kiritildi“. Kun.uz (2-iyun 2023-yil). Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.
  5. „“Shum bola” — asrlar oshayotgan asar“. Xs.uz (24-noyabr 2023-yil). Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]