Shukurov Sobirjon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shukurov Sobirjon (1947.16.4 Toshkent — 2003.18.11) — naqqosh. Oʻzbekiston xalq ustasi (2003). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini (1967), Toshkent politexnika instituti meʼmorlik fakultetini (1976) tugatgan. 1980 yildan Respublika maxsus ijodiy ishlab chiqarish "Us to" uyushmasida faoliyat koʻrsatgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi binolarini, Samarqanddagi Imom al-Buxoriy majmuini va Buxoro viloyatidagi majmualarni naqqoshlikning qadimiy milliy uslubida bezashda muayyan hissa qoʻshgan. "Shuhrat" medali bilan mukofotlangan (1997).