Shukurov Joʻra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shukurov Jo'radan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Shukurov Joʻra (1949.10.3, Buxoro) — dirijyor, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (1998). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1972). Buxoro teatritsa bosh dirijyor, Buxoro musiqa bilim yurtida pedagog (1972— 77), Oʻzbekiston davlat akademik xor kapellasi (1977—86), Doni Zokirov nomidagi xalq cholgʻulari orkestrida (1986—88) dirijyor, Oʻzteleradiokompaniyasining xor jamoasida bosh dirijyor (1988 yildan) va badiiy rahbar (1993 —2004), dirijyor (2004 yildan), Toshkent madaniyat intida dotsent (2002 yildan). Dirijyorlik faoliyatida milliy anʼanalarga asoslangan xor ijrochiligini rivojlantirgan. Oʻzbek xalq qoʻshiqlarini xor uchun qayta ishlagan ("Fargʻonacha yoryor", "Mavrigi" va boshqalar).