Ahmadjon Shukurov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shukurov Ahmadjondan yoʻnaltirildi)

Ahmadjon Shukurov (1909.5.6, Fargʻona viloyati Shavardi qishlogʻi — 1990.14.5, Beshariq) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, serjant. Urushgacha sovxozda ishlagan. 1942-yildan frontda. 336-oʻqchi polki (Bryansk fronti, 63-armiyaning, 5-oʻqchi diviziyasi) pulemyotchisi. Oryol viloyatidagi hujum operatsiyasi chogʻida Podmaslovo va Zolotaryova qishloqlari uchun boʻlgan jangda koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1943). 1944-yil jarohati tufayli armiya safidan boʻshatilgan. Urushdan soʻng qishloq xoʻjaligi sohasida ishlagan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil