Shukur Burhonov
| Shukur Burhonov | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
15-sentyabr 1910-yil |
| Vafoti |
14-avgust 1987-yil (76 yoshda) Toshkent |
| Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi va SSSR |
| Mukofotlari |
|
Shukur Burhonov (1910.15.9 Toshkent – 1987.14.8) – O‘zbekiston SSR xalq artisti (1940). 1928-yildan Hamza teatrida ishlagan. 30-yillar koʻproq oʻz zamondoshlari rollarini ijro etdi: Hamza asarlaridagi Gʻofir („Boy ila xizmatchi“), Odilbek („Xolisxon“) obrazlarida aktyorning yangi qirralari ochildi. Urush yillari Oleko Dundich („Oleko Dundich“), Battol („Muqanna“), Jaloliddin („Jaloliddin Manguberdi“), urushdan keyin general Sobir Rahimov („General Rahimov“), Maksimov („Dengizchilar uchun“) kabi rollarni oʻynadi. Keyinchalik romantik aktyor, fojiaviy rollarning mohir ustasi sifatida shuhrat qozonib, chuqur falsafiy mazmunga ega boʻlgan obrazlar yaratdi: Hamlet, Romeo, Brut („Hamlet“, „Romeo va Julyetta“, „Yuliy Sezar“), Voynitskiy („Vanya togʻa“), Mirzo Ulugʻbek („Mirzo Ulugʻbek“), shoh Edip („Shoh Edip“), Sulaymon ota („Qiyomat qarz“) va boshqa gʻoyaviy, psixologik va plastik jihatdan toʻlaqonli, romantik hissiyoti, koʻtarinkiligi bilan ajralib turadigan monumental fojiaviy rollardir. Ayniqsa Shoh Edip roli bilan Burhonov sahnada katta iz qoldirdi. Undagi tashvish, dard, iztirob, tugʻyon sahnamasahna kuchayib boradi. Aktyor bunday kuchli dramatizmga, fojiaviylikka ichki kechinmalar, bosiq harakatlar, xilma-xil maʼnolarni anglatuvchi boqishlar va kuzatishlar, oʻziga xos dardli va musiqaviy nutqtufayli erishdi. Edip rolida aktyorlik sanʼatidagi intellektuallik, emotsionallik, romantik joʻshqinlikni bir-biriga payvand qilib, ilohiy va azaliy qismatlarni faol inkor etuvchi, jamiyat faravonligi va insoniy fazilatlar uchun kurashuvchi buyuk inson obrazini yaratdi. Hamlet obrazida esa qaynoq qalbli, joʻshqin, qudratli inson sifatidagi fazilatlarni mohirona talqin etdi. Burhonov ijodi ijtimoiy, falsafiy va gʻoyaviy mazmunga toʻla, ufqi keng, koʻp qirrali. U romantik, fojiaviy dramatik, lirik harakterdagi va hatto satirik rollarning mohir ijrochisi. Aktyor qanday rol oʻynamasin inson takdiri va uning ijtimoiy muhit bilan munosabatini haqqoniy tasvirlashga erishdi.
Burhonov oʻzbek kino sanʼati taraqqiyotiga ham katta hissa qoʻshdi. U yaratgan Qorabotir („Tohir va Zuhra“), Gʻofir („Boy ila xizmatchi“), Shoh Kalin („Ilya Muromes“), Qalandarov („Sinchalak“), Mirzo Ulugʻbek („Ulugʻbek yulduzi“), Matniyoz („Uzoqyaqin yillar“), Husan ota („Bardosh“) kabi rollari rangbarangligi, ijro mahorati, obraz talqinining mukammalligi bilan jahon kino sanʼatida yuqori baholangan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureata (1964).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Olidor O., Shukur Burxanov, M., 1952; Teshabayev Dj., Geroykrupnim planom, T., 1972; Rahmonov M., Silmilshteyn T., Shukur Burhonov, T., 1974.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Sovet Oʻzbekistoni“ 31-yanvar 1964-yil
- Shukur Burhonovga taʼziyanoma, „Sovet Oʻzbekistoni“ gazetasi
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Oʻzbekistonlik shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- 15-sentyabrda tugʻilganlar
- 1910-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- 14-avgustda vafot etganlar
- 1987-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Buyuk xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Lenin ordeni sohiblari
- Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- SSSR xalq artistlari
- O‘zbekiston SSR xalq artistlari
- Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureatlari
- Oʻzbekistonlik shaxsiyatlarga oid chala maqolalar
- Chigʻatoy qabristoniga dafn etilganlar
- Sovet erkak aktyorlari
- O‘zbekiston kino aktyorlari
- Oʻzbekfilm kishilari
- Hamza nomidagi oʻzbek drama teatri kishilari
- Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari