Shuhrat Polvonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shuhrat Togʻaymurodovich Polvonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 11-yanvar 1977-yil (1977-01-11) (47 yosh)
Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Taʼlim Toshkent davlat yuridik instituti

Shuhrat Togʻaymurodovich Polvonov (1977-yil, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek davlat arbobi, huquqshunos, 2014-yil 11-apreldan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudyasi, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi aʼzosi. 2022-yildan Oʻzbekiston Oliy sudi raisi oʻrinbosari[1].

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Polvonov, Shuhrat Togʻaymurodovich 1977-yil 11-dekabrda Samarqand viloyatida tugʻilgan, Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 2015—2020-yillarda — 66-son Nurobod saylov okrugidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati[2]. Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi. Oʻzbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi. 2014-yil 11-apreldan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudyasi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Шуҳрат Полвонов Олий суд раиси ўринбосари этиб сайланди“. kun.uz. Qaraldi: 19-noyabr 2022-yil.
  2. „Депутатлар“. parliament.gov.uz. 6-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-may 2021-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]