Shuhrat Durdiyev
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Shuhrat Durdiyev | ||
| Tavallud sanasi | 1982-yil 23-iyun | ||
| Tavallud joyi | Turkmaniston | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2000—2003 | Köpetdag | ||
| 2000—2001 | Galkan | ||
| 2003—2004 | Asudalik | ||
| 2005 | Köpetdag | ? | (3) |
| 2006 | Ashxobod | ? | (1) |
| 2006 | Shoʻrtan | 1 | (0) |
| 2007 | Nebitchi | ? | (6) |
| 2008 | Altyn Asyr | ||
| Milliy terma jamoa | |||
| 2000 | Turkmaniston | 1 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Shuhrat Durdiyev (turkmancha: Şöhrat Durdyýew; 1982-yil 23-iyunda tugʻilgan) – turkmanistonlik sobiq professional futbolchi, yarim himoyachi ampulasida oʻynagan. Shuhrat Turkmaniston terma jamoasi tarkibida ham oʻynagan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shuhrat futbolchilik faoliyatining dastlabki davrlarida Ashxobodning „Kopetdag“ va „Galkan“ / „Asudalik“ klublarida oʻynagan. Kopetdag tarkibida Turkmaniston chempionati chempioni (2000) va sovrindori boʻlgan, 2001-yilgi Hamdoʻstlik kubogida ishtirok etgan[1]. Keyinroq 2006-yili Ashxobod, 2007-yili „Nebitchi“ (Bolqonobod) jamoalari tarkibida Turkmaniston milliy chempionatida bronza medallarini qoʻlga kiritgan. 2006-yilgi mavsum qisqa muddat Gʻuzorning „Shoʻrtan“ jamoasi safida oʻynagan va Oʻzbekiston chempionatida bitta oʻyinda ishtirok etgan. 2008-yili Ashxobodning „Oltin Asir“ jamoasida toʻp surgan va mavsum yakunida faoliyatini yakunlagan.
Shuhrat 18 yoshida Turkmaniston terma jamoasida ilk oʻyinini oʻtkazgan. 2000-yilning 8-oktyabrida Oʻzbekiston terma jamoasiga qarshi oʻyinning 68-daqiqsiada Zarif Ereshov oʻrniga maydonga tushgan va Turkmaniston terma jamoasi tarkibidagi soʻnggo oʻyini boʻlib qoldi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shuhrat Durdiyev Footballfactsru saytida
- Shuhrat Durdiyev National-Football-Teams.com saytida
- 23-iyunda tugʻilganlar
- 1982-yilda tugʻilganlar
- Turkmanistonda tugʻilganlar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Turkmanistonlik erkak futbolchilar
- Kopetdag futbol klubi futbolchilari
- FC Asudalik futbolchilari
- FC Aşgabat futbolchilari
- Shoʻrtan klubi futbolchilari
- FK Nebitchi futbolchilari
- Altyn Asyr FK futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar