Shuhrat Abdumalikov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shuhrat Ravshanovich Abdumalikov (1970.21.1, Samarqand) – teatr rassomi, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi (1999). M. Uyg‘ur nomidagi Toshkent san’at institutini tugatgan (1995). 1991 yildan Rus yosh tomoshabinlar teatri (hozirgi O‘zbekiston yoshlari teatrida, 1997 yildan Abdumalikov Hidoyatov nomidagi teatrda bosh rassom. Rus yosh tomoshabinlar teatri ("Sohil bo‘ylab chopayotgan olapar", 1993, Chingiz Aytmatov asari asosida; "Alvongul" ertak spektakli, 1993 va boshqalar) hamda Abdumalikov Hidoyatov teatri ("Navro‘za", 1998 va boshqalar) spektallari uchun asar ruhiga mos sahna bezaklari yaratdi. Abdumalikovning badiiy mahorati ayniqsa "Sharq taronalari" 1 – 2 xalqaro musiqa festivallari (1997, 1999)ga yaratgan sahna bezaklarida namo-yon bo‘ldi.Toshkent san’at instituti (1995 yildan), hozirgi Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutida (1997 yildan) katta o‘qituvchi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil