Shudring nuqtasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shudring Nuqtasidan yoʻnaltirildi)

Shudring nuqtasi - maʼlum bosim va namlikda havo sovib, unda toʻyingan suv bugʻlari hosil boʻlishi uchun zarur tra. Havo namligining asosiy tavsiflaridan biri. U bilan havo namligining qiymatlari aniqlanadi. Nisbiy namlik 100% dan kam boʻlganda Shudring nuqtasi har doim havo trasidan pastroq boʻladi. Tra Shudring nuqtasiga kelishi uchun havo sovishi zarur. Havo toʻyinganda, yaʼni namlik 100% boʻlganda Shudring nuqtasi havo trasiga tenglashadi. Mas, havo temperaturasi 15° da: nisbiy namlik 100, 80, 60, 40% boʻlishi uchun Shudring nuqtasi 15,0, 11,6, 7,3, 1,5° ga teng boʻlishi kerak.