Shudring

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shudring, shabnam — kechqurun, kechasi va saharda yuz beradigan yerdagi nurlanish hisobiga havoning sovishi va suv bugʻining kondensatlanishi tufayli yer sirtida, turli narsalar va oʻsimlik yaproklari ustida hosil boʻladigan mayda suv tomchilari. Havo temperaturasi muayyan nuqta (shudring nuqtasi)ga tushganda hosil boʻladi. Havo ochiq va kuchsiz shamolli tunlarda Sh. koʻproq paydo boʻladi. Sh.lar bir kechada oʻrtacha 0,1—0,3 mm, moʻʼtadil kengliklarda esa 1—0,5 mm qalinlikda tushadi. shahrining yillik miqdori oʻrtacha 10–30 mm ni tashkil qiladi. Ertalab quyosh nurlari tushgach (yoki havo temperaturasi shudring nuqtasidan oshgach), Sh. bugʻlanib ketadi.