Shtern tajribasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shtern Tajribasidan yoʻnaltirildi)
Shtern-Gerlax tajribasi: Kumush atomlarining bir jinsli boʻlmagan magnit maydoni boʻylab harakatlanishi va spiniga qarab yuqoriga yoki pastga burilish; (1) o'choq, (2) kumush atomlari nurlari, (3) bir hil bo'lmagan magnit maydon, (4) klassik kutilgan natija, (5) kuzatilgan natija
Stern-Gerlach tajribasida kvant spinining klassik magnitga qarshiligini tushuntiruvchi video

Shtern tajribasi - gaz molekulalarining issiqlik harakati tezligini aniqlaydigan tajriba. O. Shtern amalga oshirgan (1920). Gazlarning kinetik nazariyasi asoslari toʻgʻriligini asoslagan. Tajribada sirti kumush qatlami bilan qoplangan platina simni elektr toki bilan qizdirilganda kumush atomlarining bugʻlanishi natijasida hosil boʻlgan gazdan foydalanilgan. Bugʻlangan kumush atomlari qarshiliksiz harakatlanishi uchun qizdiriladigan sim havosi soʻrib olingan idishga joylashtirilgan. Atomlar dastasini hosil qilish uchun ularning yoʻliga ingichka tirqishli toʻsiq qoʻyilgan. Kumush atomlari tirqish orqali oʻtib, jez plastinaga tushgan va tirqish qarshisida ingichka kumush iz koʻrinishida oʻtirgan. Maxsus asbob yordamida butun qurilma jez plastina sirtiga parallel yoʻnalgan oʻq atrofida katta burchak tezlik bilan aylantirilganda atomlar harakatining turli tezliklariga toʻgʻri keladigan atomlar soni turlicha boʻlishi sababli, kumush iz yoyiladi va uning qalinligi ham turlicha boʻladi. Qatlamning eng qalin sohasiga eng katta ehtimolli tezlik bilan harakatlanayotgan atomlar oʻtiradi. Tajribada aynan shu eng katta ehtimolli tezlik aniqlangan va uning qiymati nazariy hisoblangan qiymat bilan mos tushgan

Fermionlar uchun aylanish qiymatlari
3D model of 2 S-G analyzers in sequence, showing the path of neutrons. Both analyzers measure the z-axis
Exp. 1 - E'tibor bering, ikkinchi SG analizatorida z-neytronlar aniqlanmagan